So‘nggi uch yil ichida Xitoy robotlashtirilgan taksi xizmatini joriy etish bo‘yicha sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Shu oydan poytaxt Pekinda robot-taksi ishga kirishadi.
CNBC telekanali xabar berishicha, hojatbaror temir odam yaqin 15 kun ichida rasman aholiga xizmat ko‘rsata boshlaydi.
“Pony.ai” vitse-prezidenti, Tadqiqot va ishlanmalar markazi rahbari Ning Chjan faqat hukumatning maxsus ruxsati kutilayotganini aytdi. Joriy yil oxirigacha 50 ta robot-taksi boshqaruvchisiz ishlashi kutilyapti.
Bunday mashinalar boshqa davlatlarda ham bor. Masalan, yaqinda Ilon Maskning Tesla kompaniyasi 8-avgust kuni robot-taksi taqdim etilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!