$
12021.22 UZS
-54.96
169.53 UZS
0.06
13978.27 UZS
-16.82
31° Kechasi 18°

Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, Prezident vakolat muddati 7 yilga uzaytirilmoqda

10:36 / 15.03.2023

Bugun, 15-mart kuni meningkonstitutsiyam.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi matni e’lon qilindi.

Unda amaldagi Konstitutsiyaga yangi moddalar kiritilib, ularning soni 128 tadan 155 taga oshirilmoqda.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ko‘ra XIX bob Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra:

Prezident O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi (avvalgi konstitutsiyaga ko‘ra 5 yil).

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.

Prezident vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Senat tasdig‘iga kiritadi;

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Prezident Administratsiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;

Bosh vazir nomzodini saylovda yutgan partiya emas, Prezident parlament quyi palatasiga taqdim qiladi. Bunda u barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi lavozimini egallaydi.

Shuningdek, yangi Konstitutsiyaning 128-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli.


Bu ham qiziq

Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatla…
07:22 / 22.05.2026
Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi…
14:45 / 22.05.2026
Namanganda transformatorda tok urgan bola vafot etdi

Namanganda transformatorda tok urgan bola vafot etdi

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
10:22 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi

Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida Toshkent xalqar…
14:55 / 21.05.2026
Poytaxtdagi eng arzon uylar qaysi hududda?

Poytaxtdagi eng arzon uylar qaysi hududda?

2026-yil aprel oyida Toshkent uy-joy bozorida faollik sezilarli pasaydi. Hisobotlarga ko‘ra, oy davomida 44,5 mingta uy-joy …
17:26 / 21.05.2026
Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

"Ushbu yo‘lda barchamiz birgalikda qat’iy harakat qilsak, bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etsak, ko‘zlagan baland marralarga…
12:29 / 22.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:47 / 23.05.2026
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
17:51 / 22.05.2026
Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi hamda aloqa operatorlari bankomat va to‘lov terminallarining mobil internetsiz ishlash…
00:51 / 23.05.2026
“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.
16:30 / 23.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!