Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi hamda aloqa operatorlari bankomat va to‘lov terminallarining mobil internetsiz ishlashiga imkon beruvchi texnik yechim ishlab chiqdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yangi tizim mobil internet o‘chirilgan holatlarda ham bank xizmatlari uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank va Raqamli rivojlanish vazirligi barcha banklarni maxsus “oq ro‘yxat”ga kiritish imkoniyatini ham muhokama qilmoqda.
Hozircha “oq ro‘yxat”ga Rossiyaning beshta banki — “VTB”, “Alfa-Bank”, “PSB”, “MTS Bank” va “Gazprombank” kiritilgan. Mazkur ro‘yxatdagi xizmatlar mobil internet cheklangan taqdirda ham ishlashda davom etadi.
Nabiullinaning ta’kidlashicha, barcha banklarni birdaniga tizimga ulashning texnik cheklovlari mavjud. Shu sababli jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va dastlab yirik hamda tizimli ahamiyatga ega banklar qamrab olinadi.
Avvalroq Moskva aholisi internetdagi uzilishlar sabab bankomat va to‘lov terminallaridagi nosozliklardan shikoyat qilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!