Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi oltin quymalarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Toshkent — Dubay” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirgan, 1980-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan va hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxsning yuklari tekshirilgan.
Tekshiruv jarayonida unga tegishli chamadonning ichki tayanch qismiga yashirilgan jami 1 kg 923 gramm oltin quymalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, ushbu noqonuniy holatga 1992-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan sudlangan fuqaroning ham aloqadorligi ma’lum qilindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!