Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bola gilos yeyish maqsadida yuqori kuchlanishli transformator ustiga chiqqan vaqtida uni tok urgan. Oqibatda u og‘ir tan jarohati olib, shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan.
Marhumning qarindoshlari transformator atrofi xavfsizlik talablariga javob bermaganini bildirgan. Ularning aytishicha, hudud o‘ralmagan bo‘lgan, ayrim simlar esa ochiq holda qoldirilgan.
Bolalar ombudsmani barcha hududlarda elektr qurilmalari xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!