Yaponiyaning Asiya shahrida yashovchi 116 yoshli Tomiko Itoka dunyodagi eng keksa odamga aylandi, deya xabar beradi Kazinform agentligi Ginnesning rekordlar kitobi saytiga tayanib.
Tomiko Itoka ispaniyalik 117 yoshli Mariya Branyas vafotidan keyin dunyodagi eng keksa odamga aylandi.
Tomiko Yaponiyaning Xiogo prefekturasi, Asiya shahridagi qariyalar uyida yashaydi.
Uch oy oldin Tomiko o‘zining 116 yoshini nishonladi va shahar meridan gullar, tort (bu o‘ziga yoqmaganini tan oldi) va tabriknomani oldi. Xodimlarning ta’kidlashicha, eshitish muammolariga qaramay, u aniq muloqot qilishni davom ettiradi va muntazam ravishda ularga minnatdorchilik bildiradi.
U 20 yoshida turmushga chiqdi va to‘rt farzand (ikki qiz va ikki o‘g‘il) ko‘rdi. Hozir uning ko‘plab nevara va chevaralari bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!