$
12012.30 UZS
-32.42
₽
145.33 UZS
-0.13
€
13466.99 UZS
-58.03
31° Kechasi 18°

YeChL. Bugun Husanovni “Bernabeu”da ko‘ramizmi?

10:04 / 19.02.2025

Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga o‘tish bahsi javob uchrashuvida “Real Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

Manchesterda o‘tgan dastlabki o‘yindan farqli o‘laroq bugun jamoalar tarkibida bir qancha o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, birinchi bahsda himoyachilar bilan yuzaga kelgan jarohatlar bois bir qancha muammolarga duch kelgan “Real”ning jarohat olgan ikkala himoyachisi (Ryudiger va Alaba) ham safga qaytdi. Buning aksi o‘laroq “shaharliklar” javob o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jamoaning o‘ng qanot himoyachisi Akanji jiddiy jarohat olib Madriddagi o‘yinga borolmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda “Man Siti” tarkibida ajoyib o‘yinlari bilan yaxshi taassurot qoldirayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovda o‘yinni asosiy tarkibda boshlash imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Bir qator sport nashrlari manchesterliklarning bugungi bahs uchun taxminiy tarkibini e’lon qilmoqda. Quyida Husanovni asosiyga “kiritgan” nashrlarning taxminlari bilan tanishamiz:

– Sportingnews. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushadi.

“Manchester Siti” tarkibi (4-2-3-1, o‘ngdan chapga): Ederson (darvozabon) — Husanov, Dias, Ake, Gvardiol — Stouns, Niko — Savinyo, Foden, Marmush — Holand.

– Fansided. Husanov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi mumkin.

“Manchester Siti”ning tarkibi: Ederson, Husanov, Dias, Stouns, Ake, Lyuis, Gvardiol, Savinyo, Foden, Holand, Marmush.

Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Man Siti” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv Anchelotti shogirdlarining 2:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Javob bahsi 20-fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.


Futbol


														
														Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bah…
09:57 / 07.10.2026

														
														Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026

														
														O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan o‘tkazishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga L…
16:35 / 07.09.2026

														
														Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

														
														Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026

														
														2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026

														
														Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Kongo DR darvoza…
10:28 / 21.07.2026

														
														Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

19-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun bahsida Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida …
11:09 / 19.07.2026

Bu ham qiziq

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026
21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026
Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026
Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16:22 / 19.10.2026
21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:11 / 20.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!