Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrashuvlarida ota-onalar va tomoshabinlarning nomaqbul xatti-harakatlariga qarshi kurashishga qaratilgan.
Qoida yangi mavsum boshidan 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi musobaqalarda amal qiladi.
Qora kartochka tomoshabinlarning xatti-harakatlari sababli uchrashuvni muddatidan oldin yakunlashni anglatadi. Dastlab hakam o‘yinni to‘xtatib, murabbiylardan muxlislarga murojaat qilishni so‘raydi.
Agar tartibsizlik davom etsa, jamoalar 10 daqiqaga kiyinish xonasiga yuboriladi. O‘yin qayta boshlanganidan keyin ham nomaqbul xatti-harakatlar takrorlansa, hakam qora kartochka ko‘rsatib, uchrashuvni yakunlaydi.
Yangi tartib bolalar, murabbiylar, hakamlar va boshqa tomoshabinlarga nisbatan haqorat, qo‘pol so‘zlar, janjal, turtish va boshqa tajovuzkor xatti-harakatlar sodir etilgan holatlarda qo‘llanadi.
FRF ushbu yangilik orqali bolalar futbolini kattalarning bosimi, noroziligi va tajovuzkor xatti-harakatlaridan himoya qilishni maqsad qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!