$
11790.79 UZS
12.34
₽
137.78 UZS
-0.57
€
13285.86 UZS
86.93
31° Kechasi 18°

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

09:57 / 07.10.2026

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bahsda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi uchala golda ham bevosita ishtirok etib, bir gol va ikki golli uzatmaga mualliflik qildi.

Argentina 48-daqiqada hisobni ochdi. Messi burchak to‘pini uzatganidan so‘ng Nikolas Otamendi havodagi zarba bilan gol urdi. Mazkur uchrashuv Otamendi uchun ham Argentina terma jamoasidagi so‘nggi bahs bo‘ldi.

61-daqiqada Messi Niki Pasga golli uzatma berdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, 39 yoshli futbolchi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvdan so‘ng Messi terma jamoadan ketish unga og‘ir bo‘lishini aytdi. TyC Sports uning so‘zlarini keltirgan.

“Bugun nimadir deyish qiyin. Hissiyotlarga to‘lib ketganman, xayolimda juda ko‘p fikrlar aylanyapti. Birinchi bo‘lib otam xayolimga keldi.

Men qila oladigan yagona narsa – xayrlashuv nutqimda aytganimdek, barchaga minnatdorchilik bildirish. Bu futbolkani 20 yildan ortiq kiyish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Hatto eng qiyin paytlarda ham kurashishdan to‘xtamadim, doimo bor kuchimni sarfladim. Terma jamoadan ketish men uchun juda og‘ir bo‘ladi. Qasam ichamanki, bu yerga abadiy kelishni istardim. Chunki Argentina terma jamoasida o‘ynash – insonning boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa”, dedi Messi.

Futbolchi, shuningdek, Argentina terma jamoasini tanqid qilganlar haqida ham fikr bildirdi. U jamoaning muvaffaqiyatsizligini istaydiganlar borligini ta’kidlab, 2022-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabani muxlislar bilan nishonlaganini yodga oldi.

Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005-yilda o‘tkazgan. U faoliyati davomida 208 ta uchrashuvda 126 ta gol urib, 68 ta golli uzatma amalga oshirgan. Messi Argentina bilan jahon chempionati, ikki marta Amerika Kubogi, Finalissima va 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, Messi Argentina terma jamoasi safidagi faoliyatini o‘yinlar, gollar va golli uzatmalar bo‘yicha rekordchi sifatida yakunladi.

 


Futbol


														
														Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bah…
09:57 / 07.10.2026

														
														Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026

														
														O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan o‘tkazishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga L…
16:35 / 07.09.2026

														
														Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

														
														Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026

														
														2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026

														
														Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Kongo DR darvoza…
10:28 / 21.07.2026

														
														Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

19-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun bahsida Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida …
11:09 / 19.07.2026

														
														Argentina ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqdi

Argentina ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqdi

2026-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta final yo…
09:55 / 16.07.2026

														
														3 milliondan ortiq odam Argentinani JChdan chetlatishni talab qilmoqda

3 milliondan ortiq odam Argentinani JChdan chetlatishni talab qilmoqda

Internetda Argentina milliy terma jamoasini 2026-yilgi Jahon chempionatidan chetlatish talabi ilgari surilgan petitsiya payd…
12:23 / 13.07.2026

Bu ham qiziq

“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

7-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Shahriston” bekatida 1985-yilda ishlab chiqarilgan metro poyezdida texnik nosozli…
11:08 / 07.10.2026
O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida…
16:24 / 07.10.2026
Qoplon uyga kirib, bir oilaning olti a’zosiga hujum qildi

Qoplon uyga kirib, bir oilaning olti a’zosiga hujum qildi

Hindistonning Maxasamund tumanida 4-oktyabrga o‘tar kechasi qoplon uyga kirib, bir oilaning olti nafar a’zosiga hujum qildi.…
09:54 / 06.10.2026
O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat kasalligi tarqalishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosa…
15:24 / 06.10.2026
Avtobusni eshiklari ochiq holda boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Avtobusni eshiklari ochiq holda boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Toshkentda avtobusni harakatlanish vaqtida eshiklarini yopmasdan boshqargan haydovchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. B…
09:42 / 06.10.2026
“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026
Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

5-oktyabrdan Tojikiston va Eron fuqarolari uchun o‘zaro vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi. Endilikda ikki davlat fuqarolari …
09:51 / 07.10.2026
Surxondaryoda uch tuman YTH ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qizil hudud” deb belgilandi

Surxondaryoda uch tuman YTH ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qizil hudud” deb belgilandi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining qarori bilan Uzun, Boysun va Angor tumanlari yo‘l-transport hodisalari ko…
09:47 / 06.10.2026
O‘zbekistonda bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutiladi

O‘zbekistonda bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutiladi

6-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz…
17:35 / 05.10.2026
Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air bort kuzatuvchisidan o‘zbek tilida gapirishni so‘ragani ortidan samolyotdan tushirib yuborilgan yo‘lovchi bilan …
16:04 / 07.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!