Yevropa Ittifoqining (YeI) tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel kelasi oy Ukrainaga Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida muzlatilgan Rossiya aktivlari operatsiyalaridan 1,4 milliard yevro daromad o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligini e’lon qildi.
Borrel Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvidan so‘ng matbuotga bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar iyul oyida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan 1,4 milliard yevroni Ukrainaga yuborishga kelishib olishgan.
Siyosatchi bu mablag‘ havo mudofaasi va o‘q-dorilar bilan ta’minlash va mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishini ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!