$
12198.28 UZS
-30.3
156.57 UZS
0.61
14241.49 UZS
-41.49
31° Kechasi 18°

Yerning tabiiy yoʻldoshi – Oy qanday paydo boʻlgan?

21:42 / 29.09.2022

Garchi, Oy Yerga eng yaqin joylashgan kosmik obyekt bo‘lsa-da, olimlar uning qay tariqa yaralgani xususida bir qarorga kela olishmayapti. 1972-yilgi “Apollon” dasturi doirasida astronavtlar Oyning yuzasidagi tuproqdan namuna olishdi va uning qay tariqa paydo bo‘lganini aniqlashga kirishdilar. Aniqlanishicha, Oy yirik kosmik jism (aniqrog‘i, Yer) bilan to‘qnashish natijasida paydo bo‘lgan. Biroq Osaka Universiteti olimlari “Kaguya” yo‘ldoshi ma’lumotlarini o‘rganib, bu nazariyani yo‘qqa chiqaradigan faktlarni qo‘lga kiritishdi. Aftidan Yer bilan hech qanday to‘qnashuv sodir bo‘lmagan.

Unda Oy qanday paydo bo‘lgan?

70-yillarda “Apollon” dasturi orqali qo‘lga kiritilgan tuproq o‘rganilganda, olimlar Oyda uglerod va boshqa gazsimon moddalar tanqisligiga e’tibor qaratishdi. Shu tariqa Oy ikki yirik obyekt – Teyya va Yerning to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan, degan xulosaga kelingan.

Oyning hozirgi kattaligi, aylanishi, tezligi va Yerdan uzilib keta olish qobiliyatini hisoblab chiqsak, eng so‘nggi kompyuter modellari xulosasiga ko‘ra, Yer taxminan Mars kattaligidagi obyektga urilgan bo‘lishi kerak. Undan katta tizim esa Yer orbitasi va Oyning yuziga juda ko‘p miqdorda temir moddasi qoldirgan bo‘lardi. 

Hozirgacha Oyning paydo bo‘lishi borasidagi eng ishonchli nazariya Yerning Teyya jismi bilan to‘qnashuvi bo‘lib turibdi. Biroq yaponiyalik olimlar ushbu nazariyani shubha ostida qoldirishdi. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, ular Oyda is gazi molekulalari, ftor, xlor va  oltingugurt zarralarini topishdi. Shuningdek, uglerod ionlari kosmik jismning ustki qismida harakatlangan. Bundan tashqari, bu oqimning kuchi doimiy emas – u oyning maydoniga bog‘liq. Astronomlar shunday xulosaga kelishdi: uglerod zaxiralari nafaqat uning sirtida, balki Yerning tabiiy yo‘ldoshi mantiyasida ham mavjud.

Bundan kelib chiqadiki, Oydagi uglerod u vujudga kelganidayoq mavjud bo‘lgan. Va bu bir vaqtning o‘zida kosmik jismning biror yirik obyekt, xususan, Yer bilan to‘qnashuvi nazariyasini inkor qiladi. Chunki to‘qnashuv holatida undagi uglerod samoga tarqalib ketishi kerak edi. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, yoki to‘qnashuv u qadar kuchli bo‘lmagan, yoki umuman bo‘lmagan. Chunki uglerod Oy yuzasi bo‘ylab notekis yoyilib ketgan. 

Oy bug‘dan paydo bo‘lganmi?

Garvard Universiteti astronomi Saymon Lok xuddi shunday fikrda. Uning talqinicha, Yer va boshqa yirik jism bilan to‘qnashuv rostdan ham sodir bo‘lgan. Oqibatda Yer va Teyyaning ayrim zarralari bug‘lana boshlagan. Shuningdek, bug‘langan massa juda tez havoga ko‘tarilib, shu qadar tez aylangan-ki, bulutlar bug‘ shaklida galaktikamiz ichida qolgan. Saturnning halqasi ham shundan hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ushbu bulutning har bir mintaqasi erigan jinslardan yomg‘ir tomchilarini hosil qildi. Natijada, bu bug‘lar orasida Oy o‘sdi. Va nihoyat, bug‘ sovuganida Oy va Yer tizimi hosil bo‘ldi, deydi Lokk. Juda jasur taxmin, shunday emasmi?! Haqiqatga uncha to‘g‘ri kelmaydi, biroq u Oyning qiziqarli xususiyatlarini tushunib olishga yordam beradi.

Oy Yerning bir bo‘lagimi?

Boshqa bir farazni esa Isroilning Wyeizmann tadqiqot instituti mutaxassisi Raluka Rufu ilgari surdi. Uning fikricha, Oy qadimda Yerning tarkibida bo‘lgan va asteroidlar kelib urilishi natijasida hosil bo‘lgan. Asteroidlar zarbidan snaryadlar turli burchaklarga uchib ketdi. Oy yuzidagi dog‘lar shu tariqa hosil bo‘lgan. Aslida, ushbu taxmin mantiqiy, chunki xuddi shu ulkan to‘qnashuv gipotezasi dalillarga mos keladi. Agar Teyya Yerga urilib, keyin Oyni shakllantirgan bo‘lsa, Oy uning moddalaridan iborat bo‘lishi kerak edi. Ammo Oy Teyya yoki Marsga o‘xshamaydi. Uning atomlari Yernikiga o‘xshaydi. Shunday qilib, Oy sayyoramizning eng qadimiy bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

Biz uzoqdagi olam va ekzoplanetalarni o‘rganishdan oldin, Oy qanday paydo bo‘lganini aniqlab olishimiz kerak. Gipoteza va nazariyalar juda ko‘p, ammo hozircha ularning hech birini haqiqat deb aytolmaymiz. Ehtimol, bugungi kunda biz bilgan Yer va Oy g‘alati metamorfozalar va yovvoyi orbital raqslarni boshdan kechirgan, bu ularning aylanishi va kelajagini tubdan o‘zgartirgandir. Buni faqat Oydagi tabiiy jismlar, uning sirti hamda chuqurroq qatlamlarini o‘rganish orqali aniqlashimiz mumkin.


Ilm-fan


														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

														
														Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

2025-yil 8-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining PQ‑279‑son qaroriga binoan, Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.
16:41 / 19.09.2025

														
														O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

Bu boradagi statistika bilan tanishamiz
17:54 / 10.09.2025

														
														Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Texnik ishlar va loyihani ishga tushirishgacha bir yildan ortiqroq vaqt ketgan
21:53 / 14.08.2025

Bu ham qiziq

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuza…
14:31 / 10.04.2026
Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarni ayovsiz kaltaklagan tarbiyachi qo‘lga olindi

Navoiydagi xususiy bog‘chada bolalarni ayovsiz kaltaklagan tarbiyachi qo‘lga olindi

Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va fuqaro gumonlanuvchi tariqasida protsessual tart…
17:19 / 10.04.2026
Samarqandda 1-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan ayol sudga berildi

Samarqandda 1-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan ayol sudga berildi

Samarqanddagi maktabda ayol 1-sinf o‘quvchilarini urgani yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul…
12:59 / 10.04.2026
9-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:57 / 08.04.2026
“O‘zgidromet” qator viloyatlarni sel xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” qator viloyatlarni sel xavfidan ogohlantirdi

Joriy yilning 10-12-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, …
10:52 / 09.04.2026
AQSh va Eron ikki haftalik sulhga kelishib oldi

AQSh va Eron ikki haftalik sulhga kelishib oldi

Buning evaziga Eron Hormo‘z bo‘g‘ozini ochadi.
09:43 / 08.04.2026
8-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

8-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 …
17:36 / 07.04.2026
Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan uchrashdi

"Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligim…
09:17 / 08.04.2026
Eronda AQSh va Isroil hujumlari oqibatida 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan

Eronda AQSh va Isroil hujumlari oqibatida 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik ortidan keng ko‘lamli talafotlar qayd etildi.
14:53 / 09.04.2026
Tramp Eron bilan kelishuv barbod bo‘lsa, yanada keng ko‘lamli janglar bilan tahdid qildi

Tramp Eron bilan kelishuv barbod bo‘lsa, yanada keng ko‘lamli janglar bilan tahdid qildi

“Agar biron sababga ko‘ra bu amalga oshmasa, bu juda kam ehtimolga ega bo‘lsa-da, zarbalar shiddati misli ko‘rilmagan daraja…
10:28 / 09.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!