$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

Dunyodagi eng qo‘rqinchli 10 ta ko‘prik

10:24 / 27.03.2015

XABARDOR.UZ: Qadimdan ikki qirg‘oqni o‘zaro bog‘lash uchun ko‘priklardan foydalanilgan. Insoniyatning boshlanishida bu inshootlarning loyihasi bir muncha soddaroq bo‘lgan, barcha ish qo‘lda bajarilgan, arqonlardan, taxtachalardan, qanop iplardan va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan. XVIII asrdan boshlab esa, ular murakkabroq loyihalar asosida qurilgan.

Ular aniq matematik hisob-kitob asosida qurilgan bo‘lmasin, ko‘priklarning ayrimlari baribir kishida vahima uyg‘otadi. Biz badandan sovuq ter chiqarib yuboradigan, ammo o‘z manzarasi bilan inson ruhiyatini maftun etadigan 10 ta ko‘prik haqida so‘z yuritishni istadik. 

 

Peak Walk, Shveytsariya. 

Ikkita uch ming metrli qoyalar — “Scex Rouge” cho‘qqisi va Glacier 3000” muz qoyasini tutashtirib turuvchi ko‘prik. Uning uzunligi 107 metr, eni esa 80 sm. ni tashkil etadi. Ko‘prik Matterxorn, Yungfrau, Eyger va Menx tepaliklarining go‘zal manzaralarini tomosha qilish maydonchasiga olib boradi.

 

SkayBrij, Rossiya.

Tabiati juda go‘zal bo‘lgan Axshtyrsk jarligi va Mzymta daryosi ustidan o‘tgan dunyodagi eng uzun osma ko‘prik. Bu ko‘prik Sochida joylashgan bo‘lib, uning loyihasida ikkita tomosha qilish maydonchasi bo‘lib, ular yerdan 207 metr balandlikda joylashgan. Ko‘prikning uzunligi 439 metrni tashkil etadi.

 

Gxasa, Nepal.

Bu ko‘prik tog‘ning tor yo‘laklarida chorvalarni olibo‘tish jarayonida ular tiqilib qolavergach, barpo etilgan. Mahalliy aholi doimiy ravishda bu ko‘prikdan foydalanib kelmoqda. Sayohlar bu yerda o‘zlarini qo‘rquvlarini his qilishlari va esdalik uchun bir nechta fotosurat olishlari mumkin.

 

Taman Negara, Malayziya.

Malayziyaning tropik o‘rmonlari orasida Taman Negara milliy bog‘i yastanib yotibdi. Bog‘ning bir yo‘nalishi 510 metrli osma ko‘prikdan o‘tadi. Arqon bilan tortilgan taxtachalar tashlangan bu yo‘lakcha yerdan 45 metr balandlikda, shundaygina daraxtlar ustidan o‘tadi.

 

Kokonoe, Yaponiya.

Sayohlar Shindonotaki sharsharasini tomosha qilishlari uchun o‘z qo‘rquvlarini yengib, 173 metrli jarlik ustida qurilgan 390 metrli osma ko‘prik ustidan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.

 

Mariyenbryuke, Germaniya.

Pollat 92 metrli jarlik ustidan o‘tgan ko‘prikdir. Bu yerdan Germaniyada mashhur bo‘lgan Noyshvanshtayn qasri ko‘rinishi namoyon bo‘ladi. Ko‘prik ostida esa 45 metrli sharshara oqib turadi.

 

Karrik-a-Rede, Shimoliy Irlandiya.

U qit'ani Karrik oroli bilan bog‘lab, chayqalib turuvchi, uzunligi 20 metrli ko‘prikdir. U 30 metr chuqurlikdagi jarlik ustidan o‘tgan. Kuchli shamol turganda ko‘prikda juda qattiq tebranish hosil bo‘ladi.

 

Kapilano, Vankuver.

Kapilano xiyoboni Vankuverning asosiy ko‘ngilochar maskani hisoblanadi. Daryoning bu qirg‘og‘idan u qirg‘og‘iga o‘tish uchun muhandislar ikki qirg‘oqni osma ko‘prik bilan birlashtirishgan. Qirg‘oqlarga o‘tish uchun qimirlab turgan taxtalar ustidan 137 metr masofani bosib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘prik 70 metr balandlik ustida qurilgan.

 

Xaylayn 179, Avstriya. 

Roytte shahridagi Erenberg qasri qoyalari va qadimiy fort Klaudiani uzunligi 403 metr, eni esa 1,2 metr bo‘lgan Xaylayn 179 ko‘prigi ulab turadi. Ko‘prik 113 metr balandlikda o‘rnatilgan.

 

El Kaminito del Rey, Ispaniya.

Qo‘polroq qilib aytganda bu ko‘prik ham emas, 3 km. li yo‘lak hsioblanadi. Bu yo‘lak qoyalarga mahkam qoqilgan qoziqlar va temiryo‘l relslari bilan qurilgan. Yo‘lak 1905 yili Konde del Gvadalorse platinasi qurilishida ishlagan ishchilar uchun qurilgan. Avariya holatiga kelib qolgan bu ko‘prikni davlat sayohlar uchun yopib qo‘ygandi. Biroq uzoq vaqtli ta'mirlash ishlaridan so‘ng 26 mart kuni Ispaniya hukumati bu qirollik yo‘lagini yana sayohlar uchun ochib qo‘ymoqchi.

 

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026
Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi

Musulmonlar idorasi fuqarolarni qabristonlarni obodonlashtirishga chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblari yuzasidan aholiga murojaat…
10:18 / 08.05.2026
Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan sunnat amaliyotidan keyin ikki nafar bola vafot etg…
14:00 / 07.05.2026
Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali, shu bilan birga qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
13:23 / 09.05.2026
O‘zbekistonda 3 oyda 191 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistonda 3 oyda 191 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda jami 191 086 ta tirik tug‘…
10:58 / 07.05.2026
Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

AQShda Nyu York federal sudi marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgani aytilayot…
10:45 / 07.05.2026
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida …
17:37 / 07.05.2026
AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQShda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida odam urib yubordi.
18:02 / 10.05.2026
8-may kungi ob-havo ma’lumoti

8-may kungi ob-havo ma’lumoti

Bugun respublika hududlari bo‘yicha havo asosan issiq va quruq bo‘ladi. Ko‘pchilik viloyatlarda quyoshli ob-havo saqlanib tu…
06:11 / 08.05.2026
O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!