Samarqand viloyatining Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan sunnat amaliyotidan keyin ikki nafar bola vafot etgani qayd etildi.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilda tug‘ilgan bola 22-mart kuni o‘tkazilgan amaliyotdan so‘ng 27-mart kuni vafot etgan. Shuningdek, 2024-yilda tug‘ilgan yana bir bola 3-aprel kuni sunnat qilingach, 8-aprel kuni jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi — kasb yuzasidan vazifalarni lozim darajada bajarmaslik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!