$
12085.56 UZS
33.51
164.52 UZS
-0.78
13870.60 UZS
-114.6
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 140 yil avval Edison lampochkaga patent olgan. Uni yaratish uchun 10 000 marta uringani rostmi?

11:54 / 20.12.2019

Tomas Edison lampochkani yaratish uchun 10 000 marta uringan deyishadi. “9999 marta omadsiz ekaningizni his qilish qanday kechgan?” deb so‘rashganida – “Bu 9999 ta muvaffaqiyatsizlik emas, bu lampochkani yaratishning 9999 ta usuli edi”, deb javob bergan ekan.
Juda mashhur bu gaplar kimgadir muvaffaqiyat tomon ruhni cho‘ktirmasdan intilishda yordam bergan, ehtimol. Ammo Edison lampochkani yaratish uchun rostdan ham 10 000 marta urinib ko‘rganmi? O‘n ming urinish u yoqda tursin, cho‘g‘lanish lampasini Edison kashf qilgani haqiqatmi? 

Edison lampochkasining tarixi ko‘plab bahslardan iborat. Tomas Edison cho‘g‘lanish lampasini shunchaki takomillashtirgan, aslida uning ixtirochilari butunlay boshqa olimlar bo‘lgan deyishadi. Tartib bilan hammasiga oydinlik kiritamiz.
Biz bilgan cho‘g‘lanish lampasining yaralish jarayoni bir necha o‘n yilliklarni qamrab oladi:

•  1840-yilda ingliz olimi De la Ryu platinadan cho‘g‘lanadigan ipli yorug‘lik manbasini kashf qildi. U tez so‘nardi. Shu sabab lampa foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan.
•  Bir yil o‘tib, 1841-yilda irlandiyalik Frederik de Mollen xuddi shunday kashfiyot uchun patent oladi.
•  1844-yil Amerikada olim Jon Starr ham shunday patentni qo‘lga kiritadi.
•  1854-yilda nemis olimi Genrix Gebel shunday tuzilmaga ega lampa yaratadi, biroq platina ipning o‘rniga zaryadlangan bambuk ipdan foydalanadi. Bu lampaning amaliy qo‘llanilishini yana-da osonlashtiradi;
•  1860-yilda angliyalik fizik va kimyogar Jozef Uilson Soun cho‘g‘lanish lampasi uchun patent oladi.
•  1874-yil Rossiyada muhandis Aleksandr Lodigin vakuum kolba va ko‘mir novdali lampani patentlaydi. 
•  Bir yil o‘tib, Lodigin lampasi olim Didrixson tomonidan takomillashtiriladi.
•  1878-yilda Svon tomonidan ko‘mir tolali lampa patentlanadi.
•   1870-yillarning ikkinchi yarmida cho‘g‘lanish lampasi ustida Tomas Edison ishlay boshlaydi. Olim ko‘p tadqiqotlar olib boradi – bir yarim mingta atrofida deyishadi (o‘n ming marta emas!). Bu unga 1879-yilda platina tolali cho‘g‘lanish lampasini patentlash imkonini beradi. Keyinchalik u, ko‘mir toladan foydalanadi va 40 soat davomida yonib turadigan lampa yaratadi. 

Aynan shu fakt Edisonning lampochkani ixtiro qilgani haqidagi ta’kidga asos bo‘ladi. Aslida bu qurilma ustidagi ishlar XX asrning boshigacha davom etgan.
Ko‘rib turganingizdek, Edison cho‘g‘lanish lampasining ixtiro qilinishida bog‘lovchi zanjir roliga ega bo‘lgan, ammo bu uning hissasi qiymatini kamaytirmaydi. Tomas Edisonning lampochkasi minglab tajribalar va ko‘p soatlik mehnat tufayli yaraldi. Aynan Edison o‘sha paytda lampaning nur taratishi borasida eng yaxshi natijaga erisha olgan. Shuningdek, lampa, quvvat generatori, vilka va rozetkasini bir-biriga ulab, aylanuvchi maishiy viklyuchatelni ixtiro qilgan.
Bugungi kunda insoniyatning ushbu ulkan ixtirosidan borgan sari kam foydalanishmoqda. Cho‘g‘lanish lampalari tejamli va samaraliroq LED lampalarga o‘rin bo‘shatdi. Cho‘g‘lanish lampalarini ko‘proq kafe, bar va do‘konlarda retro uslubidagi interyer dekoratsiyasi sifatida uchratishimiz mumkin.

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026
Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan 37 kg dan ortiq narkotik to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan 37 kg dan ortiq narkotik to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davom…
14:32 / 17.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Albaniya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi …
17:29 / 16.06.2026
Albaniya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Ko‘ksaroyda qanday kelishuvlarga erishildi?

Albaniya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Ko‘ksaroyda qanday kelishuvlarga erishildi?

Iqtisodiy hamkorlik va yangi logistika yo‘laklari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya yetakch…
17:14 / 17.06.2026
Tashiyev jurnalistlar savollarini javobsiz qoldirdi: sudda jonli efirga cheklov qo‘yildi

Tashiyev jurnalistlar savollarini javobsiz qoldirdi: sudda jonli efirga cheklov qo‘yildi

Qirg‘izistondagi shov-shuvli sud jarayonida sobiq yuqori lavozimli amaldor Qamchibek Tashiyev jurnalistlar savollarini javob…
14:21 / 18.06.2026
Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston mintaqaning investitsiyaviy markaziga aylanmoqda

Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston mintaqaning investitsiyaviy markaziga aylanmoqda

Bugun O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoning, balki keng Yevroosiyo makonining eng faol investitsiyaviy maydonlaridan biri s…
14:06 / 17.06.2026
Toshkentda haydovchilar uchun qulaylik: Abdulla Qodiriy ko‘chasida yangi burilish joyi ochildi

Toshkentda haydovchilar uchun qulaylik: Abdulla Qodiriy ko‘chasida yangi burilish joyi ochildi

Toshkent shahrida transport harakatini yanada samarali tashkil etish va haydovchilar uchun ortiqcha vaqt hamda masofa sarfin…
14:17 / 18.06.2026
17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:28 / 16.06.2026
Qirg‘izistonda blogerlar 5 yilga soliqlardan ozod qilindi

Qirg‘izistonda blogerlar 5 yilga soliqlardan ozod qilindi

Imtiyozlarni blogerlar, startaplar, autsorsing kompaniyalari, kino, video va telemahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va boshqa…
16:56 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkent investitsiya forumi doirasida Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy t…
09:34 / 17.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!