Iqtisodiy hamkorlik va yangi logistika yo‘laklari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya yetakchisi Bayram Begay muzokaralarda tovar ayirboshlashni kengaytirish, shuningdek, agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, turizm kabi muhim sohalarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratgan.
Ayniqsa, O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda Albaniyaning Durres portidan logistika xabi sifatida foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladigan bo‘ldi. Iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish muhimligi ham alohida ta’kidlandi.
Hukumatlararo komissiya va madaniy aloqalarHamkorlikning iqtisodiy kun tartibini faol ilgari surish maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya tashkil etiladigan bo‘ldi. Uning ilk yig‘ilishi joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Siyosiy muloqotlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilib, tomonlar BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdilar. Madaniy-gumanitar sohada esa o‘zaro Madaniyat kunlari, kino namoyishlari, ko‘rgazmalar va ijodiy safarlar tashkil etishga kelishib olindi.Mamlakatga tashrifi yakunlangan Albaniya prezidentini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!