Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, 2021-yil 16-iyun kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari haqidagi ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p qimmatlagan mahsulot sabzi bo‘ldi. Uning narxi 11 ming so‘mgacha yetgan.
– Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m
– Qo‘y go‘shti (1 kg) - 50000 – 80000 so‘m
– Kartoshka (1 kg) - 1500 – 7000 so‘m
– Piyoz (1 kg) - 750 – 3000 so‘m
– Sabzi (1 kg) - 3000 – 11000 so‘m
– Tuxum (10 dona) - 5000 – 14000 so‘m
– Guruch (1 kg) - 5000 – 18000 so‘m
– O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m
– Shakar (1 kg) - 7300 – 9000 so‘m
Ma’lumot uchun, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!