Shimol yog‘dusi – g‘aroyib go‘zallikka ega tabiat hodisasi. U barcha trevel-reytinglarda «hech bo‘lmaganda bir marta ko‘rish kerak» deya qayd etiladi. Agar bu kabi uzoq, qimmat sayohat uni ko‘z bilan ko‘rishga arzimaydi deb hisoblasangiz, fotograf Markus Varik buning aksini isbotlaydi. U yog‘duning haqiqiy ovchisi bo‘lib, tabiatdagi eng g‘aroyib shouning o‘nlab kadrlarini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Gap shundaki, fotografning o‘zi yog‘duni kuzatish istagidagilar uchun turlar tashkil etish bilan shug‘ullanadi. U bu go‘zallikni qayerda va qachon «ovlashni» biladi va bu manzarani o‘z ko‘zlaringiz bilan tomosha qilsangiz, tamoman o‘zga insonga aylanishingizni aytadi. Umuman olganda, suratlari so‘zlariga qaraganda ancha ishonchliroq. Ko‘ring, zavqlaning.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!