$
12128.46 UZS
-36.78
159.04 UZS
-0.38
14304.31 UZS
-26.34
31° Kechasi 18°

Mas’ul xodimlarning faoliyati baholab boriladi

12:24 / 16.06.2020

“Davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlari hamda ularning faoliyatini  baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, vakolatli organlar tomonidan mas’ul xodimlarning faoliyati yiliga kamida bir marotaba samaradorlik va natijakorlikning asosiy ko‘rsatkichlari asosida baholab boriladi.

Quyidagilar mas’ul xodimning davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati samaradorligi va  natijadorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi:

– belgilangan muddatdan oldin ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
– vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuskorlik;
– belgilangan muddatdan kechiktirilib ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
– mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga foydalanuvchilardan kelib tushgan shikoyatlar soni;
– mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga kiritilgan taqdimnoma hamda mas’ul xodimga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik choralari soni. 

Baholash vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan 3 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasiga qadar amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatida avtomobilni haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan hamda d…
11:22 / 18.04.2026
Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron hukumati AQSh bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha hozircha kelishuvga erishmaganini ma’lum qildi. Bu haqda …
17:57 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026
Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgac…
13:32 / 18.04.2026
Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Ushbu loyiha oddiy tadbir emas, balki ishtirokchilar uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi.
15:07 / 18.04.2026
O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi

Vazirlar Mahkamasining 16-apreldagi qarori bilan o‘qituvchilar uchun navbatdan tashqari attestatsiya to‘lovi ikki baravar ka…
16:52 / 19.04.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

18-aprel kuni Eron AQSh tomonidan davom ettirilayotgan dengiz blokadasi sababli Hormuz bo‘g‘ozi faoliyati yana cheklanganini…
09:45 / 19.04.2026
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026
Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash xizmati 2026-yil 1-iyundan boshlab faqat Davlat xi…
10:56 / 19.04.2026
O‘zbekistonda chorvalarda oqsil kasalligi xavfi sabab sanitariya oyligi e’lon qilindi

O‘zbekistonda chorvalarda oqsil kasalligi xavfi sabab sanitariya oyligi e’lon qilindi

18-apreldan 18-maygacha O‘zbekistonda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi.
17:24 / 19.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!