Bizning quyosh tizimimizdan tashqarida ham boshqa sayyoralar mavjud bo‘lib, ular ekzosayyoralar deb ataladi. Olimlar birgina Somon yo‘lining o‘zida 100 mlrddan ortiq o‘zga dunyolar bor deb taxmin qiladi. Ularning ichida to‘liq olmosdan yasalgan o‘lik sayyoralardan tortib, xuddi Yerga o‘xshab qalin atmosfera va ulkan okeanlarga ega bo‘lgan sayyoralargacha bor. Ularning ba’zilari sovuq va qop-qorong‘i bo‘shliqlarda suzib yursa, boshqalari yulduziga shu darajada yaqin keladiki, ba’zan kuyib, qismlarga bo‘linib ketadi.
Quyoshga eng yaqin bo‘lgan ekzosayyoralar 4 yorug‘lik yili atrofida bo‘lib, Proksimia Sentori yashash hududi atrofida aylanadi va u hayotni davom ettirishga qodir bo‘lgan yerga o‘xshash eng yaqin dunyo bo‘lishi mumkin. Hozir esa shu paytgacha kashf qilingan eng g‘ayritabiiy ekzosayyoralar haqida gaplashamiz.
Yerdan 620 yorug‘lik yili uzoqlikdagi Signus yulduz turkumida Kelt 9 B nomli ulkan gaz sayyora bor. U Yupiterdan 3 barobar og‘ir, diametri esa 2 barobar katta.

Ammo uni o‘ziga xos tarafi shundaki, uning yuzasidagi harorat 4300°Cgacha ko‘tarilishi mumkin. U shu paytgacha kashf qilingan eng issiq ekzosayyora bo‘lib, harorati ba’zi yulduzlarnikidan ham yuqori bo‘ladi. Ushbu ultra issiq dunyo o‘z yulduzi atrofiga yaqinlashgani sari qizib bormoqda. Kelt 9B’ning bir tomoni doim yulduzga qaragan bo‘ladi, ikkinchi tomoni esa sira qaramaydi. Gaz sayyora shu qadar qiziganki, sayyora atmosferasida temir va titan kabi bug‘langan og‘ir metallar va boshqa elementlar, masalan, sayyoralarda qaynatilayotgan vodorod topilgan. Ular kosmosda aylanib yurganida ortidan qizib ketgan gazning cho‘ziq izini qoldiradi. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bir necha million yil o‘tgach, Kelt 9Bi butun atmosferasini qizdirib yo‘q qilib yuborishi mumkin, shunda u yerda bir vaqtlar mavjud bo‘lganini eslatib turuvchi qaynoq yadrodan boshqa hech narsa qoldirmaydi.

Yerdan 2300 yorug‘lik yili uzoqlikda, Virgo yulduzlar turkumida Pulsar atrofida aylanuvchi 3 ta ekzosayyoradan iborat noodatiy sayyoralar tizimi yashirinib yuradi. Pulsar qadimiy ulkan yulduzlar portlashidan hosil bo‘lgan doimiy aylanib turuvchi neytron yulduzlardir. 3 ta ekzosayyoradan 2 tasi esa Yerning hajmi bilan bir xil deb hisoblanadi. Ammo ular pulsar radiatsiyasi natijasida bombardimon bo‘lgan. Sayyoraga to‘kilgan zarrachalar esa tunggi osmonni Shimol yog‘dusi kabi maftunkor qilib ko‘rsatadi. Lekin bu darajada radiatsiyaga ko‘milish sayyorada hayot paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Aqlga sig‘mas darajadagi uzoq dunyolar ikkinchi avlod sayyoralari bo‘lishi mumkin.

Yerdan 63 yorug‘lik yili uzoqlikda Valpekula yulduzlar turkumida esa HD 189733B deb nomlanuvchi yana bir issiq gaz sayyora bor. Uning hajmi taxminan Yupiternikiga teng, lekin Yerning quyoshgacha bo‘lgan masofasini hisoblasak, u o‘z yulduziga 30 barobar yaqinroq. Bu esa unga yulduz atrofini har 2,2 kunda to‘liq aylanib chiqish imkonini beradi. Agar siz bu ekzosayyorani yaqinlashtirsangiz, u ajoyib ko‘k rangga ega ekanini ko‘rasiz. Bu havoning namligi va silikat zarralari bilan qoplangan bulutlarni o‘z ichiga olgan issiq atmosferaning ta’siri. Ushbu g‘alati atmosferada shamol soatiga 8 691 km. tezlikda esadi, bu tovush tezligidan yetti baravar ko‘p. Ushbu shiddatli shamollar va kremniyga to‘yingan atmosfera tufayli, sayyoralar bulutlari erigan shishalarni yon tomonga ham chiqaradi. Bu erigan shisha to‘kilgani sari qotib qolgan zarralarga aylanadi va o‘z yo‘lida bo‘lgan har qanday narsadan o‘tib, sayyora gazlari orqali juda katta tezlikda uriladi. Ekzosayyora atigi 63 yorug‘lik yili bo‘lganligi sababli, hozirgi paytda u Yerga eng yaqin bo‘lgan issiq Yupiter tipidagi olam bo‘lib, astronomlarga uning g‘ayritabiiy dushmanlik muhitini o‘rganish imkoniyatini beradi.

Yerdan 13 000 yorug‘lik yili masofadagi Skorpius yulduz turkumida OGLE 2016 BLG 1195 lb nomli ekzosayyora bor. U Yerga o‘xshash sayyora bo‘lib, o‘z yulduzini biz Quyosh orbitasida aylanganimiz bilan bir xil masofada aylanadi. Biroq, o‘xshashliklar shu yerning o‘zida tugaydi, chunki bu sayyora juda qattiq va unda yashab bo‘lmaydi, harorat minus 240 darajadan past bo‘lib, Plutondan ham sovuqroq bo‘ladi. Sovuq bo‘lishining sababi shundaki, muzli shar sayyorasi bizning Quyoshimiz massasining atigi 7,8 foizini tashkil etuvchi va 10 000 barobar kuchsiz bo‘lgan kichkina yulduz atrofini aylanadi. Umuman olganda yulduz shunchalar kichkinaki, olimlar uning haqiqatan ham yulduz ekaniga shubha qiladi. Bu jigarrang mitti jism – yadrosi sintez orqali energiya ishlab chiqarishga yetarli darajada issiq bo‘lmagan jism kabi yulduz bo‘lishi mumkin. Muzli ekzosayyora yashashga umid bo‘lmagan o‘ta sovuq zaminga o‘xshaydi, chunki biz uning mavjudligini bilamiz.

Yerdan 750 yorug‘lik yilida joylashgan Drako yulduz turkumida TrES-2-b nomli yana bir sirli ekzosayyora bor. Bu g‘alati olam Yupiterning hajmidagi katta gaz sayyorasi bo‘lib, o‘z yulduziga juda yaqin keladi. Natijada uning harorati 980 darajadan oshib ketadi. Ammo uning o‘ziga xosligi bu uning shu paytgacha kashf qilingan eng qorong‘u sayyora ekanligidir. Yorug‘likning 1% dan kamrog‘ini aks ettirishi uni ko‘mirdan ham qoraroq qiladi. Ekzotik qorong‘u atmosferaga ega sayyoralarda bug‘langan natriy, kaliy va titan oksidi singari nurni yutuvchi kimyoviy moddalar mavjud bo‘ladi. TrES-2-b ekstremal harorat tufayli xira qizil nur chiqaradi, ammo nega bu qadar qorong‘u ekanligi to‘liq tushunilmagan va hanuzgacha sir bo‘lib qolmoqda.
Ziyoda G‘ULOMOVA tayyorladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!