Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning umumiy eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Dastlabki to‘rt oy yakunlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik eksport bozori bo‘lib qolmoqda. Ushbu davlatga 1,5 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingan. O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega davlatlar: Rossiya — 1,5 mlrd dollar Xitoy — 919,6 mln dollar Afg‘oniston — 643,7 mln dollar Fransiya — 498,6 mln dollar Qozog‘iston — 425,5 mln dollar Turkiya — 361,4 mln dollar BAA — 265,5 mln dollar Qirg‘iziston — 254,2 mln dollar Tojikiston — 213,3 mln dollar AQSH — 122,5 Mutaxassislarning qayd etishicha, O‘zbekiston eksport geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy eksportdagi ulushi so‘nggi yillarda ma’lum darajada qisqargani kuzatilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!