Ertaga, 21-iyun kuni Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni kuzatiladi. Bu astronomik hodisa yozgi «Quyosh turishi» deb ataladi. Aynan shu kunda Quyosh osmonda eng uzoq vaqt davomida ko‘rinadi va yildagi eng qisqa tun kuzatiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu hodisa Yerning Quyosh atrofida qiya holatda harakatlanishi bilan bog‘liq.
Shu sababli yil davomida Quyosh nuri Yerning turli hududlariga turlicha taqsimlanadi. 21-iyundan keyin Shimoliy yarimsharda kunlar asta-sekin qisqara boshlaydi. Janubiy yarimsharda esa aksincha, yilning eng qisqa kuni va qish fasli boshlanadi. Ma’lumot uchun, yozgi Quyosh turishi odatda 20–22-iyun oralig‘ida sodir bo‘ladi. 2026-yilda esa ushbu hodisa 21-iyunga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!