Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 39-44 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 39-44 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 39-44 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!