$
12065.49 UZS
-27.38
155.66 UZS
-1.47
13754.66 UZS
-69.91
31° Kechasi 18°

Narkoz: og‘riq qoldiruvchi muolajalar qadimda qanday bo‘lgan?

16:25 / 02.04.2020

Hozir har qanday kichik jarrohlik amaliyoti narkoz ostida amalga oshiriladi. Ammo har doim ham bunday bo‘lmagan. Narkozning bugungi ko‘rinishiga qadar qadimda turli ko‘rinishdagi og‘riq bosuvchi suyuqliklar, turli usullar qo‘llanilgan.
 
Og‘riq qoldirishning eng qadimgi usullari
Juda qadimdan odamlar qanday qilib og‘riqni yengillashtirish haqida o‘ylay boshlashgan. Ammo u davrda qo‘llanilgan og‘riq bosuvchi usullar hayot uchun birmuncha xavf tug‘dirgan. Masalan, Qadimgi Yunonistonda og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida mehrigiyoh (ya’ni mandragora) ildizidan foydalanishgan. Ushbu o‘simlik zaharli bo‘lib, ko‘p holatlarda gallyutsinatsiya va kuchli zaharlanishlarga sabab bo‘lgan. Keyinchalik yunonlar xavfsiz usul sifatida “uyqu po‘kaklaridan” foydalana boshlashgan.

Uyqu po‘kaklari dengiz ostida yashovchi, tanasi bilan toshlarga zich jipslashgan holatda o‘suvchi organizmlardir. Ko‘rinishidan esa xuddi qalin tanali dengiz o‘tlarini yodga soladi. Yunonlar mazkur o‘simlikni olib, avvaliga karaxt qiluvchi o‘simlik bilan shimdirishgan va uni yoqishgan. Po‘kakning yonishidan hosil bo‘lgan tutunni bemorga hidlatishgan va u uxlatuvchi ta’sir ko‘rsatgan.

Qadimgi Misrda og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida sikuta deb nomlanuvchi zaharli suv o‘tidan foydalanilgan. Ammo afsuski, anesteziyaning bunday turidan keyin kamdan-kam bemorlar tirik qolgan. Anesteziyaning boshqa samarali usullaridan biri qadimgi hindcha og‘riq bosuvchi usullar hisoblangan. Ular tarkibida kokain mavjud bo‘lgan koka o‘simligi barglaridan foydalanishgan. Tabiblar avvaliga mazkur o‘simlik barglarini chaynab, yaralangan askarlarga tuflashgan. So‘lak tarkibidagi kokain bemorlar holatini yengillashtirgan. Og‘riq qoldirishning mazkur usulidan Xitoy tabiblari ham unumli foydalangan.

Bu og‘riq qoldirishmi yoki og‘riq yetkazish?
O‘rta asrlarda Yevropada og‘riq qoldirishning g‘aroyib usullari qo‘llanilgan. Masalan, jarrohlik amaliyoti oldidan bemor boshiga yog‘och to‘qmoq bilan urishgan va u hushini yo‘qotgan. Bu usul anesteziologlardan katta mahorat talab etgan: u bemor boshiga shunday urishi kerak ediki, bemor butkul hayotini emas, balki vaqtincha sezish xususiyatini yo‘qotishi kerak bo‘lgan.

Qon oqizish usuli ham ilgarigi davrlarda keng tarqalgan. Bemor vena tomirlari kesilgan va uning yetarli miqdorda qon yo‘qotishini kutishgan. Qon yo‘qotgan bemor esa o‘zingizga ma’lumki, hushidan ketgan. Ammo anesteziyaning bu kabi usullari juda xavfli bo‘lib, vaqt o‘tib shifokorlar bu usullardan voz kechishlariga to‘g‘ri kelgan. Bemorlarni og‘riq hissidan faqatgina jarrohlik amaliyotini tez bajaruvchi jarrohlargina qutqara olgan. Masalan, mashhur rus jarrohi Nikolay Pirogov oyoqlar amputatsiyasi (kesib tashlash amaliyoti) uchun atigi 4 daqiqa, sut bezlar amputatsiyasi uchun esa 1,5 daqiqa vaqt sarflagan.  

Kuldiruvchi gaz
Ilm-fan bir joyda turib qolmagan, vaqt o‘tishi bilan og‘riq qoldirishning ko‘plab yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Masalan, azot oksidi o‘zining noyob xususiyati tufayli “kuldiruvchi gaz” deb nomlangan. Aslida mazkur gaz ilk bora tibbiyot xodimlari emas, balki sirk artistlari tomonidan kuldirish maqsadida qo‘llangan ekan.

1844-yilda fokuschi (ko‘zboylag‘ich) Gardner Kolton sahnaga 3-4 ta ko‘ngillilarni chaqirib, ularga shu gazni hidlatgan. Ishtirokchilardan biri shu darajada xandon otib kulganki, natijada sahnadan yiqilib tushib, oyog‘ini sindirib qo‘ygan. Ammo kuzatuvchi tomoshabinlar oyog‘ini sindirib olgan ishtirokchining og‘riqni his qilmayotganligini payqashgan. Mazkur gazning og‘riq qoldiruvchi ta’siri mana shu voqeadan so‘ng kashf etilgan. Tomoshabinlar orasidagi Xoras Uels ismli amerikalik stomatolog gazning bu xususiyatini payqab, bu kashfiyotni fokuschidan sotib oladi. Oradan bir yil o‘tib, bu kashfiyotni keng ommaga tanishtirmoqchi bo‘ladi va isbot sifatida tishlarni olish amaliyotida qo‘llaydi.

Bemor kuldiruvchi gazdan to‘yib kulganiga qaramay, butun amaliyot davomida baqirishiga to‘g‘ri kelgan. Buni ko‘rgan tomoshabinlar stomatolog ustidan kulishgan va uning kashfiyoti muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Biroq oradan bir necha yillar o‘tib, bemor og‘riqdan emas, balki stomatologdan qo‘rqqanligi uchun baqirganligi ayon bo‘lgan.
Uyelsning muvaffaqiyatsiz amaliyotini kuzatgan amerikalik boshqa bir stomatolog Uilyam Morton hamkasbining urinishini davom ettirishga ahd qiladi.  

1846-yilga kelib, Morton Jon Uorren ismli jarroh bilan birga qon-tomir o‘sma kasalligi operatsiyasida ilk bora og‘riq qoldiruchi vosita sifatida tibbiy efir suyuqligidan foydalangan va bu amaliyot samarali natija bergan.

Yana o‘sha koka o‘simligiga qaytamiz
Tibbiy efir suyuqligi barchaga birday to‘g‘ri kelsa-da, uni umumiy narkoz sifatidagina foydalanish mumkinligi tufayli biroz noqulaylik tug‘dirgan. Keyinchalik shifokorlar mahalliy og‘riq qoldirish yo‘llari haqida bosh qotira boshlashgan. Shunda yana eng qadimgi usullardan biri – kokainga murojaat etishgan. O‘sha vaqtlarda mazkur modda bilan depressiya, astma, oshqozondagi buzilishlar kabi ko‘pgina kasalliklarni davolashgan. Qolaversa, uni dorixonalardan topish qiyinchilik tug‘dirmagan.  

1879-yilga kelib, rus shifokori Vasiliy Andrep kokainning asab tizimiga ta’siri haqida maqola chop etadi. Shifokor teri ostiga kuchsiz narkotik eritmasidan yuborib, terining sezuvchanlik xususiyati susayganligini aniqlaydi. Uning bu topilmasini bemorlarda sinab ko‘rish tajribasini amerikalik oftalmolog Karl Koller amalga oshirgan. Mazkur tajriba muvaffaqiyatli kechadi. Biroq vaqt o‘tib shifokorlar bu “sehrli” dorining nojo‘ya ta’sirlariga duch kelishadi va undan foydalanmay qo‘yishadi.

Faqatgina XX asrga kelib, olimlar kokainning bezarar muqobil ko‘rinishlari – lidokain, novokain va boshqa og‘riq qoldiruvchi vositalarni yaratishadi. Hozirda bu vositalardan butun dunyo foydalanmoqda.

Bu qiziq!
Zamonaviy narkoz amaliyoti kashf etilgunga qadar taxminan 70 foiz operatsiyalar o‘lim bilan tugagan. Bugungi kunda esa bu holat 200,000 nafardan faqat bittasida uchrashi mumkin, xolos.

Nargiza Utepova tayyorladi


Bu ham qiziq

5 oyda O‘zbekistonda 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

5 oyda O‘zbekistonda 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish 7,9 foizga oshdi.
17:11 / 12.07.2026
Isroil havo kuchlari Livan janubidagi hududlarga zarbalar berdi

Isroil havo kuchlari Livan janubidagi hududlarga zarbalar berdi

Isroil samolyotlari 11-iyul shanba kuni Livan janubidagi bir nechta hududlarga zarba berdi, deb xabar berdi Livan harbiy man…
16:09 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy yuborishni va’da qilganlar ushlandi

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar so‘ralgan pul mablag‘i hisobida…
11:31 / 11.07.2026
JCh-2026. Yamal Mbappega qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Ispaniya Belgiyani yutib, yarim finalga chiqdi

JCh-2026. Yamal Mbappega qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Ispaniya Belgiyani yutib, yarim finalga chiqdi

11-iyul kuni chorakfinalning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniya Belgiyani yutib, yarim finalga yo‘l oldi.
10:14 / 11.07.2026
Toshkentda 20 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkentda 20 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa virtual nark…
14:35 / 11.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi

Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Soliq inspeksiyasi bosh inspektori tadbirkorga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 160 mln …
09:58 / 14.07.2026
14-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 13-iyul soat 20:00 dan 14-iyul soat 20:00 gacha T

14-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 13-iyul soat 20:00 dan 14-iyul soat 20:00 gacha T

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuti…
17:16 / 13.07.2026
Bugun Prezident Bekobod shahriga tashrif buyuradi

Bugun Prezident Bekobod shahriga tashrif buyuradi

Bugun, 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident…
09:28 / 13.07.2026
Jazirama sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Jazirama sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilayotgan kuchli jazirama sababli Nukus shahri va yana 8 ta tumandagi davlat hamda noda…
10:29 / 12.07.2026
Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi

Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov navbatdagi jangini yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Magomed Ankalayev…
15:20 / 14.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!