O‘zbekistonda ayni paytda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan jami 60 nafar faxriy istiqomat qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ular orasida 19 nafar konslager tutquni, 14 nafar urush qatnashchisi, 14 nafar urush nogironi hamda 13 nafar Leningrad qamali qatnashchisi bor.
Faxriylarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
▪️ Toshkent shahri — 28 nafar;
▪️ Toshkent viloyati — 11 nafar;
▪️ Farg‘ona viloyati — 5 nafar;
▪️ Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida — 3 nafardan;
▪️ Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida — 2 nafardan;
▪️ Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida — 1 nafardan.
Mutasaddilar tomonidan faxriylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligi va ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!