$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

11:59 / 09.05.2026

Qadrli vatandoshlar!

Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaning 81 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu unutilmas kunda, avvalo, jang maydonlarida tengsiz jasorat koʻrsatib, insoniyatni fashizm balosidan xalos etishga munosib hissa qoʻshgan qahramon ota-bobolarimizning soʻnmas xotirasi oldida bosh egib, taʼzim qilamiz. Bugungi kunda oramizda sogʻ-omon yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga yuksak ehtiromimizni izhor etamiz.

Mustaqillik yillarida Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini saqlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish yoʻlida mardlarcha halok boʻlgan azm-u shijoatli harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini mehr va hurmat bilan yodga olamiz.

Muhtaram doʻstlar!

El-yurtimiz fashizmga qarshi kurashda dunyodagi barcha tinchliksevar xalqlar bilan bir safda turib, buyuk gʻalabaga munosib hissa qoʻshdi. Bu bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, fashizmga qarshi urushda oʻsha davrda 6 million 800 ming kishidan iborat boʻlgan respublikamiz aholisining 1 million 950 ming nafari ishtirok etgan.

Shundan yarim milliondan ziyod kishi jang maydonlarida halok boʻlib, 158 mingdan koʻprogʻi bedarak yoʻqolgan, 60 ming nafardan ortiq vatandoshimiz esa nogiron boʻlib qaytgan. Oradan shuncha yil oʻtgan boʻlsa-da, bu ayanchli raqamlar qalblarimizni hali ham iztirobga soladi.

Urush davrida 214 ming nafar oʻzbekistonlik askar va ofitserlar jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan boʻlsa, ularning 301 nafari eng oliy nishon – Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan, 70 nafar yurtdoshimiz esa uchala darajadagi “Slava” ordeni bilan mukofotlangan.

Oʻsha olovli yillarda xalqimiz “Hamma narsa front uchun, hamma narsa gʻalaba uchun!” deb kecha-yu kunduz buyuk safarbarlik ruhi bilan yashadi. Oʻzbekiston frontning mustahkam taʼminot bazasiga aylandi. Insonparvarlikni buyuk qadriyatga aylantirgan xalqimiz urush hududlaridan koʻchirib keltirilgan 1 million 500 mingdan ortiq insonga, jumladan, ota-onasi va oilasidan judo boʻlgan 250 ming nafar bolaga boshpana berib, ularga mehr-oqibat koʻrsatdi.

Qadrli yurtdoshlar!

Gʻolib va muzaffar ota-bobolarimizning Vatanimiz ozodligi va xalqimiz osoyishtaligi himoyasi yoʻlidagi ibratli faoliyatini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish boʻyicha biz koʻplab ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ayniqsa, keyingi yillarda Toshkent shahrida bunyod etilgan Gʻalaba bogʻi hamda uning tarkibidagi “Xotira nuri” va “Millat fidoyilari” yodgorlik komplekslari xalqimiz uchun tabarruk maskanlarga aylanib bormoqda.

Yangi Oʻzbekistonda inson qadrini ulugʻlash, xususan, urush va mehnat faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning sogʻlom va mazmunli hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarimiz izchil davom ettirilmoqda. Bu haqda soʻz yuritganda, joriy yilda bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 30 million soʻm miqdorida pul mukofotlari berilganini taʼkidlash lozim. Urush qatnashchilari va nogironlari, mehnat faxriylarining salomatligini muhofaza qilish, ularni sanatoriylar, dam olish maskanlariga bepul va imtiyozli asosda yuborish boʻyicha samarali tizim faoliyat koʻrsatmoqda.

Ushbu munavvar ayyom kunlarida joylardagi hokimliklar, jamoatchilik va yoshlar vakillari urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning xonadonlarida boʻlib, oila aʼzolarining holidan xabar olib, ularga yuksak hurmat va ehtirom koʻrsatmoqda.

Mamlakatimiz boʻylab “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida xotira marosimlari, madaniy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

Bugungi gʻoyat tahlikali zamonning oʻzi barchamizdan jamiyatimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlar va diniy konfessiyalar oʻrtasidagi doʻstlik va totuvlik muhitini yanada qadrlab yashashni talab etmoqda.

Hech qachon unutmaylik, milliy birlik va hamjihatlik – bizning bebaho boyligimiz, barcha yutuq va gʻalabalarimizning mustahkam asosidir.

Hozirgi murakkab davrda Vatanimiz mustaqilligini, xalqimiz osoyishtaligini asrash, iqtisodiy qudratimiz, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish, jahon hamjamiyati, avvalo, qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni zararli taʼsirlardan himoya qilish biz uchun hal qiluvchi vazifa boʻlib qolmoqda. Ishonchim komil, bu borada 81 yil oldin gʻalaba bayrogʻini jahon uzra baland koʻtarishga munosib hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning, xalqimizning mardlik va matonat maktabi bizga madadkor kuch boʻlib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, fashizm balosini bartaraf etishda jonbozlik koʻrsatgan qardosh xalqlarni, barcha ezgu niyatli insonlarni bugungi shonli bayram bilan samimiy tabriklab, ularga barqaror taraqqiyot va farovonlik tilaymiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Sizlarni, hurmatli faxriylarimizni, butun el-yurtimizni yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik va xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Mehnatkash va donishmand xalqimiz hamisha omon boʻlsin!

Ezgu ishlarimizda Yaratganning oʻzi qoʻllab-quvvatlasin!

Xotira va qadrlash ayyomi barchamizga muborak boʻlsin!


O‘zbekiston


														
														Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Yangi Toshkentga investitsiya kiritish uchun bot ishga tushdi

Endi Yangi Toshkent uchun loyihangizni tez va oson taklif qilishingiz mumkin.
12:44 / 17.10.2026

														
														Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqargan holati yuzasidan munosabat berildi.
11:14 / 17.10.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi eng yirik xolding boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi

"O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga isho…
09:18 / 17.10.2026

														
														Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026

														
														Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026

														
														Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026

														
														Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026

														
														O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026

														
														2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026

														
														17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
15:29 / 16.10.2026

Bu ham qiziq

Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida 1,7 gektar maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi. Lo…
16:39 / 15.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026
Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 15 kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga …
09:49 / 16.10.2026
UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakll…
10:28 / 16.10.2026
Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026
O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekistonning milliy haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olish imkoniyati muhokama qilindi. Mi…
10:04 / 16.10.2026
AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026
Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng, Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Adm…
09:23 / 16.10.2026
Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!