Navoiy viloyatida bir necha kun davom etgan “Media haftalik” loyihasi yakunlandi. Haftalik doirasida tashkil etilgan Media forum milliy media sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar, blogerlar va jurnalistlar uchun yangi tajriba hamda bilim almashish maydoniga aylandi.
Forumda zamonaviy media makonini rivojlantirish, milliy axborot maydonining raqobatbardoshligini oshirish va O‘zbekiston imijini xalqaro maydonda mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda “Aloqabank” vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilib, yosh kontent-meyker va blogerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imkoniyatlar taqdim etildi.
Shuningdek, kreativ yondashuvi va faol ishtiroki bilan ajralib turgan 12 nafar kontent-meyker maxsus plastik kartalar bilan taqdirlandi. 200 ga yaqin ishtirokchiga esa sertifikatlar topshirildi.
Ta’kidlanishicha, “Media haftalik” turli qarash va tajribaga ega media vakillarini birlashtirib, milliy mediani yanada sifatli va zamonaviy bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim platformaga aylandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!