$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Sanʼat asari deb atash mumkin boʻlgan 7 muzey

20:35 / 24.08.2021

Odamlar muzeylarga ekspozitsiyalarni tomosha qilish, yangi narsalarni bilib olish uchun tashrif buyurishadi, muzey eksteryeriga esa deyarli hech kim eʼtibor qaratmaydi. Dunyoda sanʼat asari deb atasa arziydigan muzeylar juda koʻp. Ularning koʻrinishi mehmonlarni bino ichidagi eksponatlar kabi hayron qoldiradi.

1. Bangkokdagi Eravan muzeyi, Tailand

Eravan muzeyi Tailandning Samutpraka viloyatida joylashgan. U 2003 yilga ochilgan boʻlsa ham sayyohlar oqimi haligacha kamaymaydi. Odamlar bu yerga eksponatlardan tashqari uch boshli ulkan fil haykalini koʻrish uchun kelishadi. Haykal muzey binosining tomiga oʻrnatilgan. Muzey qurilishiga tailandlik millioner Lek Viriyapan homiylik qilgan.

Bino turli naqshlar, oʻyma elementlar va ustunlar bilan bezatilgan. 250 tonnalik fil haykalini koʻrgan sayyohlar muzeyga nima uchun kelganlarini unutib qoʻyishadi. Muzey ichida vitrajlar, artefaktlar, Min va Sin sulolasi davridan qolgan guldonlar, Yevropadan keltirilgan sanʼat asarlari, Budda haykallari bor.

2. Dohadagi Islom sanʼati muzeyi, Qatar

Islom dinining goʻzalligini ochib beradigan eng mashhur muzeylardan biri – “Museum Of Islamic Art” binosi Qatar poytaxtida joylashgan. Uni afsonaviy modernist, 91 yoshli Io Min Pey loyihalashtirgan. Min Pey bino mana shu muzey uchun maxsus yaratilgan orolda boʻlishini istagan. Fors koʻrfazi va Islom sanʼati muzeyining koʻrinishi mukammal manzara hosil qiladi.

3. Sent-Pitersbergdagi Salvador Dali muzeyi, AQSh

2011 yilda Tampa Bey qoʻltigʻining qirgʻogʻida, Floridadagi Sent-Pitersberg kurort shahrida Salvador Dali nomidagi muzey ochilgan. U mashhur rassomning suratlari jamlangan Ispaniya tashqarisidagi eng katta muzey hisoblanadi. “HOK Florida” kompaniyasining iqtidorli arxitektorlari tomonidan taklif qilingan yangicha dizayn muzey mehmonlarini hayratda qoldiradi. Muzeyning bir qismi boʻlgan, 1062 ta uchburchakli, shishadan tayyorlangan ulkan pufak shakli ham juda mashhur.

Shisha pufakni Enigma deb atashadi. U “IM Pei” arxitektura byurosining bosh dizayneri Yann Veymut tomonidan yaratilgan. Dizayner muzeyning oʻziga xos boʻlishi haqida koʻp oʻylagan. Bu muzeyda rassomning moyboʻyoq bilan ishlangan 96 ta, akvarel bilan ishlangan 100 dan ortiq, 1.5 mingta grafika asarlari, foto suratlari va haykallari saqlanadi.

4. Viskonsindagi Miluoki sanʼat muzeyi, AQSh

Miluoki sanʼat muzeyiga 1888 yilda asos solingan. Bu yerda 30 000 ta sanʼat asarlari saqlanadi. Muzeyning eng mashhur qismi – Kvadrachchi pavilyoni. Uni isteʼdodli ispan rassomi Santyago Kalatrava loyihalashtirgan. Santyago Kalatrava oʻzining ekspressiv va futuristik loyihalari bilan mashhur boʻlgan arxitektor va haykaltarosh hisoblanadi.

Kalatrava gʻoyasi bilan pavilyon mehmonlarni oʻziga jalb qiladigan hududga aylangan. Harakatlanuvchi “qanotlar” pavilyonga oʻziga xos koʻrinish bergan.

5. Keyptaundagi zamonaviy sanʼat muzeyi, JAR

Janubiy Afrika Respublikasidagi Zamonaviy sanʼat muzeyi Keyptaun shahrida, Viktoriya va Alfred maydoni yonida joylashgan.

“The Zeitz Museum of Contemporary Art Africa” Afrika qitʼasining rivojlanishi va ijodiy merosiga bagʻishlangan dunyodagi eng katta muzey deb tan olingan. Muzey ichida yuzdan oshiq galereyalar, taʼlim markazi, mehmonxona va restoranlar bor.

Qiziqarli fakt: Bino 1920 yilda qurilishni boshlagan. U 42 ta bunkerdan iborat don-dun mahsulotlari ombori boʻlgan va bu yerda koʻp yillar davomida hosil saqlangan. Keyptaun markaziga kelib qolgan ombordan oʻz vazifasi uchun foydalana olmay qolishdi. Hukumat uni muzeyga aylantirishga qaror qilgan. Madaniyat markazi loyihasini londonlik dizayner Tomas Xizervik ishlab chiqqan.

6. Mexikodagi “Sumayya” zamonaviy sanʼat muzeyi, Meksika

2011 yilda Mexikoda dunyodagi eng katta muzeylardan biri – “Museo Soumaya” ochildi. Uning qurilishiga meksikalik milliarder Karlos Slim homiylik qilgan. Karlos Slim muzeyga oʻz rafiqasining ismini bergan va bu yerga sanʼat asarlarini olib kelishni boshlagan. Muzeyda bugungi kunda 70 000 ta eksponat saqlanadi.

Muzeyni mashhur qilgan uning eksponatlari emas. Bino futuristik koʻrinishda qurilgan, loyiha ustida milliarderning kuyovi, mashhur arxitektor Fernando Romero ishlagan. Romero oʻziga xos shakldagi binoni 16 mingta oltiburchakli elementlar bilan loyihalashtirgan. Binoning tashqi tarafi poʻlat bilan bezatilgan. Muzey yorugʻlik va soya tushganda oʻz rangini oʻzgartiradi.


7. Dubaydagi Kelajak muzeyi, BAA

Dubayda Kelajak muzeyining qurilish ishlari tugatildi. U arxitekturaning oliy namunalaridan biri deb tan olindi. Muzeyning futuristik binosi shisha tolasi, karbon va zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan. Muzeyning old tomonida “Dubay koʻzi” dekoratsiyasi joylashgan. U 1020 ta innovatsion paneldan ishlangan. “Dubay koʻzi” BAA hukmdori Shayh Al Maktumning sheʼridan olingan soʻzlar bilan bezatilgan.

 


Bu ham qiziq

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!