$
12412.98 UZS
58.33
154.28 UZS
0.35
14386.64 UZS
2.12
37° Kechasi 22°

Asarlari eng ko‘p ekranlashtirilgan yozuvchilar Top-10taligi

18:26 / 16.11.2019

1. Klassik Uilyam Shekspir 768 marta ekranlashtirilgan asarlari bilan reytingning eng cho‘qqisini egalladi. Uning Romeo va Julyetta, Gamlet, Makbet kabi mashhur qahramonlari zamon bilan hamnafas bo‘lib, kinoqahramonlarga aylanmoqda.  

2. Ingliz yozuvchisi Charlz Dikkens hayotlik chog‘idayoq olamshumul mashhurlikka erishdi, o‘limidan so‘ng ham XIX asrning eng yirik nosiri bo‘lib qolmoqda. Uning asarlari asosida 287ta ekranizatsiya suratga olingan, ularning eng mashhurlari Skrudj haqidagi rojdestvo hikoyalari, Oliver Tvist va Devid Kopperfild haqidagi filmlardir. 

3. Anton Pavlovich Chexovning asarlari juda ko‘p spektakllar hamda filmlarga asos bo‘ldi. Yozuvchining vatanida va undan tashqarida jami 287ta film yaratilgan. 

4. Aleksandr Dyuma (ota) fransuz yozuvchisi, dramaturgi va jurnalisti bo‘lib, uning sarguzasht romanlari hamma zamonlarda rejissyorlarning ijodiy g‘oyalari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Uning asarlari asosida 230ta film yaratilgan, ularning eng mashhur qahramonlari mushketyorlar, graf Monte-Kristo va albatta, temir niqobli odamdir. 

5. Ilmiy fantastika janri yaratuvchisi, o‘zining mistik va detektiv asarlari bilan mashhur bo‘lgan Edgar Allan Po ko‘plab rejissyorlarga ilhom bag‘ishladi. Uning asarlari asosida 220ta film suratga olingan. 

6. Robert Lyuis Stivensonning asarlari 215 marta ekranlashtirilgan. Sobiq ittifoq hududidagi deyarli barcha aholi 1988-yilning “Xazinalar oroli” multfilmini yaxshi eslaydi. Shu nomda 1883-yilda chiqqan roman yozuvchiga katta mashhurlik olib kelgan. 

7. Shotland va ingliz yozuvchisi Artur Konan Doyl o‘zining detektiv va sarguzasht asarlari bilan mashhur. 1939-yildan hozirgacha film va seriallari ekranlardan tushmaydigan izquvar Sherlok Xolms – aktual kinoqahramon bo‘lib qolmoqda. Artur Konan Doyl asarlari asosida 214ta ekranizatsiya ishlangan. 

8. Gans Kristian Andersen o‘z asarlari bilan g‘ururlangan bo‘lardi, chunki ular 202 marta ekranlashtirilgan. Andersen ertaklari qahramonlari bo‘lgan Suv parisi, Irkit o‘rdakcha, Qor malikasi va boshqalar butun dunyo bo‘yicha bir necha avlodning sevimli qahramonlariga aylandi. 

9. Aka-uka Grimmlar butun dunyoga nemis folklori va nemis filologiyasi yaratuvchisi sifatida mashhur. Ularning ertaklari asosida 197ta film suratga olingan, ularning ko‘pchiligi  multiplikatsion filmlardir. Aka-uka Grimmlar har doim rejissyor va multiplikatorlarni ilhomlantirib kelgan, ularning yaqinda chiqqan muvaffaqiyatli loyihalaridan biri – “Rapunsel: chalkash hikoya” (2010) multfilmidir. 

10. Amerika hikoyanavisligi ustasi O.Genrining asarlari 196 marta ekranlashtirilgan. Maftunkor Merilin Monro epizodligida suratga olingan mashhur “Qizil tanlilar yo‘lboshchisi va boshqalar…” filmi O.Genri hikoyalari asosida suratga olingan. 


Bu ham qiziq

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

U fuqarolardan 41 ming AQSh dollari olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
17:06 / 26.08.2025
Toshkentda qalbaki tabobat giyohining muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkentda qalbaki tabobat giyohining muomalasiga chek qo‘yildi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
19:40 / 27.08.2025
Migratsiya agentligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga pul evaziga ishga jo‘natilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

Migratsiya agentligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga pul evaziga ishga jo‘natilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining ayrim xodimlari pul evaziga Koreya Respublikasig…
21:48 / 26.08.2025
Mo‘ynoqdagi kondan otilib chiqqan gaz jilovlandi

Mo‘ynoqdagi kondan otilib chiqqan gaz jilovlandi

“Murakkab sharoitdagi quduqni yopish ishlarida ko‘rsatgan g‘ayrat va shijoati, olovli maydondagi o‘ta og‘ir va mashaqqatli m…
19:54 / 26.08.2025
27-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamo…
17:37 / 26.08.2025
Rossiyada 2026-yildan migrantlar uchun rus tili imtihoni faqat kompyuterda olinadi

Rossiyada 2026-yildan migrantlar uchun rus tili imtihoni faqat kompyuterda olinadi

Xabarga ko‘ra, Rossiya Federal test markazi tomonidan imtihonlarni o‘tkazish jarayonini to‘liq avtomatlashtiruvchi “EkzaM” d…
22:43 / 26.08.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

R.F. 25-avgust kuni Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Namanganga kuzatib qo‘yilgan.
10:47 / 27.08.2025
Tarixda ilk bor! Muso al-Xorazmiyning asari jamoatchilikka ochiq holda namoyish etiladi

Tarixda ilk bor! Muso al-Xorazmiyning asari jamoatchilikka ochiq holda namoyish etiladi

“Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” nusxasi shu paytgacha Oksford universitetining kutubxonasida saqlanib ke…
16:14 / 26.08.2025
Turkiyada erkakni pichoqlagan 13 yoshli bola O‘zbekiston fuqarosi emas – Bosh konsulxona

Turkiyada erkakni pichoqlagan 13 yoshli bola O‘zbekiston fuqarosi emas – Bosh konsulxona

2025-yil 26-avgust kuni internet tarmog‘ida va ayrim messenjerlarda tarqalgan “13 yoshar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam …
15:04 / 27.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!