Apple’ga tegishli qurilmalar narxi qimmat ekanligini hamma yaxshi bilsa kerak. Ular o‘ziga xos brend ko‘rinish va sifatga ega. Ammo shunga qaramay ham odamlar ba’zida “tishlangan olma”ning soxta nusxalariga duch kelishmoqda. Chunki, soxta ayfonlar ko‘rinishidan xuddi haqiqiyga o‘xshaydi. Xo‘sh, asl ayfonni soxtasidan qanday farqlash mumkin?
Ishlab chiqarilgan raqamni tekshirish

• Yangi iPhone sotib olayotgan vaqtda uning ishlab chiqarilgan raqamiga (seriyniy nomer) e’tibor berishni yoddan chiqarmang. Shundan so‘ng, sotib olayotgan qurilmangizning sozlamalariga kirib, undagi raqamlarni telefon qutisi va pasportidagi raqamlar ketma-ketligi bilan solishtiring.
• Apple’ning rasmiy saytiga va uning servis tekshiruvi degan bo‘linmasiga kirib, qo‘lingizdagi qurilmaning raqamini kiriting. U yerda hamma qurilmalar haqida ma’lumotlar bo‘ladi.
Qurilma qutisining bor-yo‘qligiga ahamiyat bering

Original telefonning, albatta, qutisi va uning zaruriy hujjatlari bo‘ladi. Telefon qutisi tagida qurilma haqida ma’lumotlar qayd etilgan “nakleyka” bo‘lishi shart.
Shunindek, quti yonlarida bosib solingan naqsh ko‘rinishidagi yozuvlar bo‘lishi kerak. Bu borada qurilmaning brend ramzi – olmaga ham e’tibor berish kerak. Olma tishlami doim uning o‘ng tomonida bo‘lishi kerak.
Yana e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

• Telefonning ortiga ko‘z tashlang. U yerda iPhone so‘zi, “designed by Apple” jumlasi va model raqami bo‘lishi shart.
• Original qurilmada bir dona SIM-karta uchun joy bo‘ladi. Shuningdek, “tishlangan olma” smartfonlarida qo‘shimcha xotira kartasi bo‘lmaydi.
• Soxta ayfonning qopqog‘i osongina ochib-yopiladi. Asli esa monoblok shaklida bo‘lib, uni faqatgina maxsus uskunalar bilangina ochish mumkin.
• Telefonning operatsion tizimi ham e’tibor talab qiladi. Asl iPhone iOS – rus tiliga to‘liq o‘tkazilgan, tez va oson ishlovchi tizim bilangina idora qilinadi. Xitoycha soxta variantlarda odatda, Android tizimi bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!