$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Yandeks tarixi: “men” so‘zining kompaniyaga qanday aloqasi bor?

11:05 / 21.01.2020

Ishonmang, qo‘rqmang, izlamang

Bugungi kunda Yandex eng qimmat Runet kompaniya hisoblanadi. Sayt mashhurligi bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinda turadi. Bir necha havaskor dasturchilar ruslarning asosiy qidiruv tizimini yaratib, millionerga aylanishdi. Kompaniyaning sirlari "Suverenniy ru.net" maxsus loyihasi doirasida tanlangan.
2000-yillar boshida “Yandeks.Pivo” saytida munajjimlar bashorati e’lon qilinadi. Shuning bilan saytda klassik ichimlik haqidagi fikrlar chiqa boshlaydi. Pivo yangiliklari, tanlovlari e’lon qilinadi. Bu kompaniyaning o‘nlab loyihalaridan biri bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan uni yopish rejalashtirib qo‘yilgan. 

"Yandex"ning dastlabki yillarini saytning eng aniq ishlagan davri deb atash mumkin. Qidiruv tizimi millionlab investitsiyalarni topgan va Rambler’ni quvib o‘tib, Runetning yetakchisiga aylangan.

Ikki matematik g‘oyasi

Hammasi 1989-yili “Arkadiy”da boshlangan. Ikki matematik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kichik kompaniya yaratishga qaror qilishadi va uni o‘z ismlari bilan – ( Arkadiy Borkovskiy + Arkadiy Voloj =) "Arkadiy" deb nomlashadi.

Shu davrda Voloj apparat va dasturiy ta’minot yetkazib beradigan CompTec kompaniyasining ishini “Arkadiy” kompaniyasi ishi bilan birgalikda parallel ravishda olib boradi. Bir necha yillardan keyin Volojning birinchi kompaniyasidan “Yandex” paydo bo‘ladi.

Borkovskiy kompyuter tilshunosligi bilan shug‘ullangan (til va matnni kompyuter yordamida qayta ishlash). Uning jamoasi ancha yillar oldin bir qator muvaffaqiyatli loyihalarni ishlab chiqqan. Masalan, "Jin" tarjimoni va matn muharriri uchun imlo tekshiruv tizimi. Borkovskiy va Voloj birgalikda nafaqat tilshunoslik loyihalari bilan, balki internet orqali qilish mumkin bo‘lgan hamma narsani sinab ko‘rishadi. Shu orqali ular haqiqiy “o‘sish” nima ekanligini tushunishga harakat qilishgan. 

80-yillarning oxirlarida juda kam odamlar Internetda ma’lumot qidirish, pul ishlash mumkinligi haqidagi tasavvurga ega bo‘lgan. “Arkadiy” loyihasi Internetda pul ishlash mumkinligini birinchi bo‘lib isbotladi. Ular o‘z ma’lumotlarini patentlash uchun Ilmiy-tadqiqot institutiga murojaat qilishdi.  

“Arkadiy” Xalqaro ixtirolar klassifikatori (MKI-XIK) uchun qidiruv dasturini yaratdi. Qidiruv tizimining rus tili morfologiyasi bilan ishlash qobiliyati uning afzalliklaridan biri edi. Indeksatorning o‘zi etimologik tahlil o‘tkaza olardi. Masalan, u "qishloq" so‘zini turli xil ma’nolar va shakllarda – fe’l va ot shaklida ishlatilishini tushuntirishi mumkin edi.

XIK tez orada “Arkadiy” talabgiriga aylandi. Mamlakat qog‘oz hujjatlarni elektronlashtirishni boshladi. “Arkadiy” o‘nlab qidiruv dasturlariga imzo chekishni boshladi. To‘g‘ri, kompaniya CompTec’dan o‘n barobar kam mablag‘ olib keldi. Lekin kompaniya asoschilari qidiruv tizimi va ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj katta bo‘lishiga ishonishdi. 

1991-yilgi pul islohotlaridan keyin mamlakat tez sur’atda qashshoqlasha boshladi. Naqd pul aylanishidan 14 milliard rubl davlat tomonidan majburiy ravishda olib qo‘yildi. Omonatlarni yangi banknotalarga almashtirish uchun ruslarga uch kun muhlat berildi. G‘azna (kassa)da bir kishiga 1000 rubldan ortiq pul berilmadi.

Islohotdan so‘ng inflyatsiyaning ortishi, davlat byudjetining taqchilligiga va ishlab chiqarishning to‘liq to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. “Arkadiy”ning daromadi pasayib ketdi. Ta’sischilar kompaniyani daromadli CompTec tarkibiga o‘tkazishga qaror qilishdi va Internet qidiruv tizimiga talab paydo bo‘lishini kutishdi. 

Bu vaqtda kompaniya asoschilaridan biri Arkadiy Borkovskiy mamlakatdan chiqib ketadi. U SSSRdan chiqib AQShga boradi. Uning kompaniyadagi o‘rnini Ilya Segalovich egallaydi.

1,5 yillik kutishdan keyin “Arkadiy” zarar keltiradigan firmaga aylanib qoladi. Lekin Voloj oxirgi qadamini qo‘yishga qaror qiladi. U xodimlarining ish haqini oshirdi, yangi ofisga ko‘chirdi va ularga Bibliya kitobini elektronlashtirishni buyuradi.
"Arkadiy" so‘zlarni morfologik tanib olish va qidiruvni takomillashtirish tizimini ishlab chiqdi. Yangi loyihani amalga oshirish uchun ularga rus tilining imlo lug‘ati kerak bo‘ladi.

Segalovich va Voloj 1993-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Axborot uzatish muammolari institutiga borib, rus tilining imlo lug‘atini qonuniy nusxasini sotib olishadi. “Yandex.Book”da Ilya Segalovich ushbu uchrashuvni quyidagicha eslaydi: "Ular bizdek yosh odamlar lug‘atni qonuniy ravishda sotib olishimizni bilishgach, juda hayratlanishdi. Keyin narxni keskin tushirishdi. Institut ushbu lug‘atni ba'zi yaponlarga 10 ming dollarga sotayotgan bir paytda, bizga, anig‘i esimda yo‘q, 600 yoki 800ga berishdi. Bundan tashqari, ular qimmatli maslahatlari bilan bizni yana ilhomlantirishdi”.
 
Institut xodimlari bekorga ajablanishmagan. Chunki 90-yillarning boshlarida intellektual mulk uchun deyarli pul to‘lanmasdi. Sababi ularning ko‘chirilgan (pirat) nusxalarini internetdan topish mumkin bo‘lagan. 
Elektronlashtirish uchun nega aynan Bibliya tanlangan degan savolga Ilya Segalovich quyidagicha javob bergan: “Biz “Bibliya kompyuternim spravichnik” katta foyda keltiradi deb o‘ylamagan edik, albatta. Buni faqat umumiy gumanitar maqsadlar uchun qildik. Bibliya dunyodagi eng ommabop kitoblardan biri ekanligi va rus tilidagi matnlarni topish uchun biror bir qidiruv tizimiga ehtiyoj borligini angladik. Internetda unga o‘xshash hech narsa yo‘qligi sababli ham aynan uni tanladik. Keyinchalik xristian madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlar faqat ijobiy, umumbashariy narsa sifatida qabul qilindi".

"Elektron Injil”ning birinchi nashri disketlarda chiqarilgan. Ushbu loyihadan so‘ng, "Arkadiy" Griboyedov, Pushkin va boshqa klassik yozuvchilarning asarlarini elektronlashtirishni boshlagan. 

Nima uchun “Yandex”?
Bugungi kunda ko‘pchilik odamlar rus kompaniyalarining nomlari AQSh kompaniyalaridan olingan deb o‘ylashadi. Masalan, Ozon – Amazon’dan olingan deb o‘ylashsa, Yandeksni – Yahoo bilan solishitirishadi. Biroq Yandeks nomi o‘z tarixiga ega. 

Arkadiy qidiruv tizimi index.exe va search.exe versiyalari bilan ham nomlangan. Shunda xodimlar unga bitta nom berilishi kerakligini aytishgan. 
Keyin esa Segalovich uzoq o‘ylaydi. Qaysi variant eng yaxshisi ekanligi borasida bosh qotiradi. “Serch” so‘zi rus tilida u qadar jarangli chiqmaydi, “Index” so‘zi esa ruslarga yaqinroqdek tuyuladi. 
Shu vaqtlarda dasturchilar orasida noodatiy programmalar "yet another” (“yana bitta”) deb nomlanar edi. Masalan, “Yet Another Mailer” (“Yana bitta pochta”) yoki "Yet another web server” (“Yana bitta veb-server”). 
“Yet Another Indexer” – mana, aynan shu jumladan rus qidiruv tizimining nomi paydo bo‘ldi. 
Arkadiy Voloj Index’dagi “I” harfini ruscha “Я” harfiga o‘zgartirishni taklif qildi. Natijada, “Яндекс” so‘zi kelib chiqdi. Shu-shu qidiruv tizimi Yandeks deb atala boshlandi.

Bu ham qiziq

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga bergan zarbalari davomida yengil jarohat olgan. Bu haqda Fars News xa…
14:48 / 13.07.2025
Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Amerikaning The New York Times nashri yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvag…
12:22 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!