$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Oxirgi 200 yil ichida Yer yuzini larzaga keltirgan eng yirik vulqonlar

02:37 / 30.11.2014

Quyida oxirgi 200 yil ichida Yer yuzini larzaga keltirgan 5 ta eng yirik vulqon haqida ma'lumotlar keltiramiz.

Mon-Pele (Mount Pelee), Martinika oroli

Vulqon otilishlarining alohida turi – "peley" vulqon otilishlari shu vulqon nomidan olingan. Halokatli oqibatlarga olib keluvchi va birdaniga sodir bo‘luvchi vulqonlar shunday ataladi. Bu turdagi vulqon shunisi bilan ajralib turadiki, agar u harakatga kelsa, boshqa vulqonlardan farqli o‘laroq, uning yonida endi tinch yashab bo‘lmaydi, zudlik bilan bu yerdan ketish kerak bo‘ladi. Bu vulqonlar krateridan "kuydiruvchi bulut" deb nomlanuvchi katta miqdordagi qizib turgan loy, kul, tosh aralashmasi otilib chiqadi va qoya bo‘ylab pastga 60-80 km/ch tezlik bilan tusha boshlaydi. Yo‘l-yo‘lakay bu aralashma hajmi ortib boraveradi va yo‘lida uchragan narsani yo‘q qilib tashlaydi. Aynan shunday otilish tufayli 1902 yilning 8 mayida Mon-Pele tog‘ining etagida joylashgan Sen-Per shaharchasi yo‘q bo‘lib ketgan. O‘shanda bu "kuydiruvchi bulut" yo‘lida uchragan har qanday narsa yonib kulga aylangan. Bu halokatda tirik qolgan yagona kishi yer tagidagi qamoqxonaga qamalgan jinoyatchi bo‘lgan.

Krakatau (Krakatoa), Indoneziya

1883 yili Indoneziya, Yangi Gvineya, Hindixitoy yarimoroli janubiy qismining butun aholisi, Avstraliyaning yarim aholisi va hattoki, Hind okeanining o‘rtasida joylashgan orollar aholisi ham juda kuchli gumburlagan ovozni eshitishdi. Bu vulqon portlashi oqibatida Krakatau orolining havoga uchib ketishi natijasida hosil bo‘lgan ovoz edi. 40 metrlik sunami Sumatra va Yava orollari qirg‘oqlari yaqinidagi barcha narsani yuvib tashladi. Yuz kilometr radius oraliqdagi kemalar harakatlana olmay qoldilar, chunki butun dengiz sirti ko‘piktosh (pemza)ning qalin qatlami bilan qoplangan edi. Dahshatli portlash oqibatida stratosferagacha otilgan kul butun Yer sharini aylanib chiqdi va butun Yer uzra bir necha hafta davomida fantastik ko‘rinishdagi qip-qizil va hattoki yashil rangdagi shafaqlar kuzatildi. Hozirda sobiq orol o‘rnida to‘lqinlar mavj urib, uchta vulqondan faqatgina yarmi qolgan – vulqon portlashi Rakat vulqoni konusining teng yarmini kesib, uloqtirib yuborgan edi. Qolgan vulqon kesimida yerosti kuchlarining dahshatli faoliyatining izlari ko‘rinib turadi. Vulqon yaqinida suv ostidan yangi vulqon – Anak Krakatau ("Krakatauning o‘g‘li") vujudga keldi. U hozirgacha ham faol vulqon hisoblanadi.

Mauna-Loa (Mauna Loa), Gavayi orollari

Mauna-Loa bu reytingimizning yuqori o‘rinlaridan birini egallashiga sabab, u sayyoramizdagi eng yirik tog‘ hisoblanadi. Uning suvdan chiqib turgan qismining balandligi dengiz sathidan hisoblaganda 4200 m ni tashkil qiladi, biroq bu tog‘ Tinch okeani tubida joylashgan etagidan hisoblansa, 10000 m balandlikka ega. Bu esa dunyodagi eng baland Djomolungma cho‘qqisidan ancha balanddir. Odamzodga ma'lum bo‘lgan vulqonlardan  Mauna-Loa faqatgina balandligi 21000 m bo‘lgan Olimpus Mons vulqoniga ustunlikni boy beradi. Bu vulqon bizning ro‘yxatdan joy olmaganining sababi, birinchidan u allaqachon so‘nib bo‘lgan, ikkinchidan esa u Yerdamas, balki Mars sayyorasida joylashgan.

Santorin (Santorin), Kiklada, Gretsiya.

Deyarli Krakatau bilan sodir bo‘lgan halokatga o‘xshash fojyea O‘rta Yer dengizida uzoq o‘tmishda sodir bo‘lgan. Krit va Kiklada orollarida miloddan bir yarim ming yil avval markazi Tir orolida joylashgan yuqori rivojlangan Minoy madaniyati mavjud bo‘lgan. Baxtga qarshi bu orol vulqondan iborat bo‘lgan.

Bir halokatli kecha-kunduzda orol yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketgan. Ko‘pchilik olimlar yo‘qolgan Atlantida haqidagi afsona aynan shu vulqon otilishi bilan yuzaga kelgan degan fikrga moyillik bildiradilar. Dahshatli kuch bilan portlash oqibatida hamma tomondan berk bo‘lgan O‘rta yer dengizida avval bu yerda uchramagan tabiiy ofat – sunami yuza keldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sunami to‘lqinlari yaqin orada joylashgan Krit, Ellada va Finikiya qirg‘oqlariga 50 m balandlikda kelib urilgan. O‘sha vaqtlardagi deyarli barcha yondosh hududlar madaniyati suv bilan yuvilib ketgan. Bunda yana bir afsona – O‘rta Yer dengizi bo‘yida 2,5 ming avval yashagan deyarli butun xalqlarda uchraydigan butunjahon suv toshqini haqidagi afsonaning vujudga kelishi izlari yashirinmaganmikan?        

Tambora (Tambora), Indoneziya. 

1815 yildagi bu vulqon otilishi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha odamzod tarixida ro‘y bergan eng kuchli vulqon otilishi hisoblanadi. Tambora vulqoni maydoni bo‘yicha Qrim oroliga teng bo‘lgan Sum-bava orolini butunlay yer yuzidan sidirib tashladi hamda 92000 kishining umriga zavol bo‘ldi. Vulqonlar orasida bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Tambora krateridan 180 km kub hajmdagi vulqon jismlari otilib chiqishi bilan birga uning balandligi 2,5 km ga pasaygan. Bu ham rekord ko‘rsatkichdir. Agar biz bu miqdordagi jismlarni Kiyev shahrining maydoni bo‘ylab teng taqsimlab chiqsak, hosil bo‘lgan kul qatlami ostidan shahardagi hech qanday baland imorat, hattoki, teleminoraning uchi ham ko‘rinmaydi... Tambora sodir etgan bu falokat vulqon otilishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan falokatlarning eng cho‘qqisidir. Bunday kuchdagi vulqon otilishi nazariy jihatdan sodir bo‘lishi mumkin, biroq undan kuchlirog‘ining ro‘y berishi amri maholdir.

Oxos Del Salado vulqoni, balandligi 6891 metr. Argentina va Chili chegaralarida joylashgan.


Bu ham qiziq

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!