Koʻk choy qon bosimini tushirishi haqida koʻpchilik biladi. Uning yana qanday foydali xususiyatlari mavjud ekanligidan xabardormisiz?
1. Koʻk choy tarkibida kofein moddasi mavjud boʻlib, uni isteʼmol qilgan odam holsizlikdan xalos boʻladi. Koʻk choy organizmni tetiklashtiradi, uyquchanlikni kamaytiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi.
2. Koʻk choy ozishga yordam beradi. Ozish uchun moʻljallangan koʻplab bioqoʻshimchalar tarkibida koʻk choy ekstrakti mavjud boʻlib, u organizmdagi metabolizm jarayonini tezlashtiradi.
3. Koʻk choy tarkibidagi biofaol komponentlar demensiya rivojlanishi oldini oladi.
4. Koʻk choy ogʻiz boʻshligʻidagi mikroblarga qarshi kurashadi, undagi noxush hiddan xalos etadi.
5. Koʻk choy yurak-qontomir tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, qon bosimini meʼyoriy holatga keltiradi, xolesterin miqdori va infarkt xavfini kamaytirib beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!