$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi

15:42 / 18.05.2020

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, samarqandlik fuqaro I. (erkak) shu yilning 14-may kuni og‘ir ahvolda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda COVID-19 infeksiyasi ham aniqlangan.
 
Shundan keyin bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning og‘ir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan.

Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan. Vazirlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham  o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan. 

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor bugun, 18-may kuni yurak qon-tomir va o‘tkir nafas  yetishmovchiligidan vafot etgan.

Hozirga qadar O‘zbekistonda 13 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan vafot etdi, 2293 kishi darddan forig‘ bo‘ldi.


Bu ham qiziq

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026
Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026
“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar…
12:43 / 09.10.2026
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026
O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ish…
11:45 / 08.10.2026
Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kut…
15:35 / 08.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!