$
12178.85 UZS
49.84
146.54 UZS
-1.45
14053.18 UZS
84.2
31° Kechasi 18°

Tishsiz qolishni istamaysizmi? Unda...

11:20 / 08.03.2020

Tishlar og‘izdan yoqimli hid kelishi uchungina tozalanmasligi kerak! Tish tozalashdan eng birinchi maqsad bu, tish va milklar salomatligini saqlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Biroq, ko‘pchiligimiz tishlarni tozalashda bir xil xatoga yo‘q qo‘yamiz va oqibatda tishlarimizni yo‘qotamiz. Yoki bo‘lmasa, tishlarni davolash uchun stomatologga yugurishga majbur bo‘lamiz... 
Buni chetlab o‘tish uchun esa, quyida keltirilgan xatoliklarga yo‘l qo‘ymang.

1. Tish chotkasini noto‘g‘ri ushlash va uni noto‘g‘ri harakatlantirish
Tish chotkasini tishning tashqi yuzasida, 45 daraja ostida ushlash kerak. Tishlarni aylanma harakatlar bilan, chotkani esa milklardan tish chetiga qarab harakatlantirish o‘rinli. Bunday texnika tishlar orasini ham yaxshilab tozalashga yordam beradi. Har bir tish yuzasi 6 ta harakatlar bilan tozalab chiqiladi.

2. Tishlarning hammasini tozalamaslik
Har bir tishda beshta yuza bor. Chotka va pasta bilan ulardan uch qismini – old, chaynov va ichki tomonni tozalash mumkin. Tishning chet va oraliq qismlarini maxsus tish tozalovchi iplar yordamida tozalash maqsadga muvofiqdir. Bu kariyesning oldini olishga yordam beradi.    

3.  Yetarlicha tozalamaslik
Tish tozalash jarayoni 2 daqiqani tashkil etishi kerak. Karashlarning oldini olish uchun ham xuddi shuncha vaqt talab etiladi. Tozalash jarayonida vaqtga qarash yodingizdan chiqib qolsa, kerakli muddatni qo‘shiq tinglash orqali ham belgilash mumkin. Bitta qo‘shiq 2-3 daqiqa davom etadi.   

4.  Noto‘g‘ri chotkalardan foydalanish
Chotka boshchasi uncha katta bo‘lmasligi, tolalar yuzasi notekis bo‘lganlarini tanlagan ma’qul. Tish chotkasi tolalari yumshoq bo‘lishi lozim. Qattiq tolali tish chotkasi milklarni jarohatlaydi, tish emali zararlanishi mumkin.

5. Tish chotkasini kam yangilash
Muddatidan ko‘p qo‘llanilgan tish chotkasi og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash o‘rniga aksincha, zararlaydi. Katta yoshli insonlar har uch oyda bir marta tish chotkasini almashtirib turishlari kerak. Bolalarga esa 2-2,5 oyda bir marta yangilash tavsiya etiladi.  

6. Tarkibida ftorsiz pastadan foydalanish
Tarkibida ftor mavjud tish pastalari kariyesning oldini oluvchilardir. Ftor tish emalini mustahkamlab, zararli mikroblar ko‘payishini to‘xtatadi, ularga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Kattalarga tarkibida ftor miqdori 1350-1500 ppm. bo‘lgan tish pastasidan foydalanishlari tavsiya etiladi. Bolalar uchun esa 1000 ppm. miqdordagi tish pastalari mos keladi. 

7. Og‘izni ko‘p chayish
Patsadagi ftor tishlarga ta’sir ko‘rsatishi uchun vaqt kerak. Tish orasidagi qolib ketgan ftor qoldiqlarini suv bilan chayish tashlash esa kerakli natijani bermaydi. Og‘izni ko‘p miqdorda suv bilan chayqash ham tavsiya etilmaydi.

8. Ovqatlanib bo‘lgach darhol tishni tozalash
Ovqatlanishdan so‘ng og‘izda zararli bakteriyalar faollashadi. Ular tish emalini yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu vaqtda tishni tozalash emalning jiddiy zararlanishiga sababchi bo‘ladi. Mutaxassislar tishni ovqatlanishdan 30 daqiqa o‘tgach tozalashni tavsiya etishadi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 392 nafar shaxs afv etildi

O‘zbekistonda Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 392 nafar shaxs afv etildi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami va Ramazon hayiti arafasida jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngil…
10:00 / 19.03.2026
“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026
19-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
13:47 / 18.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxi qancha?

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxi qancha?

Markaz har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz ishlaydi.
14:49 / 20.03.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga Ramazon hayiti munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga Ramazon hayiti munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bugun, 18-mart kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’l…
14:59 / 18.03.2026
Ramazon hayitida Toshkentda jamoat transporti 4:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayitida Toshkentda jamoat transporti 4:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20-mart kuni Toshkent shahri jamoat transporti (avtobus va metropoliten) o‘z ish faoliyatini…
08:51 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini qutladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan te…
13:45 / 19.03.2026
Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 27-martdan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshan…
16:33 / 19.03.2026
Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida avtobuslar qatnovi tiklanadi

Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida avtobuslar qatnovi tiklanadi

23-martdan boshlab Toshkent–Chorvoq yo‘nalishidagi mavsumiy avtobus harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.
10:45 / 20.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!