$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Yevropadagi eng mashhur universitetlar

11:41 / 29.11.2016

Times Higher Education tashkiloti tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyoning bitiruvchilari eng talabgir bo‘lgan universitetlari reytingini tuzib chiqdi. 

Ro‘yxatga 150 ta'lim muassasasi kiritilgan bo‘lib, u yirik kompaniyalar rahbarlari va rekruterlar so‘rovnomasi asosida yaratildi. Quyida eng talabgir mutaxassislarni tayyorlovchi mashhur 19 universitet nomini keltiramiz.


19. London Universitet kolleji. Buyuk Britaniya

Bu yerda tabiiy fanlar sohasidagi mutaxassislar tayyorlanadi. O‘quv muassasasida 850 professor va olti mingdan ziyod o‘qituvchi mehnat qilib, ular 36 ming talabani o‘qitishadi.


18. London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi. Buyuk Britaniya

Ta'lim dargohida iqtisodiyot, siyosatshunoslik, sotsiologiya, antropologiya va huquqshunoslik kabi fanlar o‘qitiladi. Maktabda 10 mingdan ziyod talaba tahsil olib, ularga uch mingdan ziyod xodim dars beradi. Bitiruvchilar orasida 16 ta Nobel mukofoti sohibi bor.


17. Parij politexnika maktabi, Fransiya

Maktab 1794 yilda ochilgan bo‘lib, bitiruvchilaridan uch nafari Nobel laureatiga aylangan.


16. CentraleSupélec texnik tadqiqotlar instituti, Parij, Fransiya

Institut Fransiyaning ikkita asosiy texnika universitetlarining birlashishi natijasida 2015 yilda tashkil topgan. U ishlab chiqarish sohasida rahbar va boshqaruvchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.


15. Parij tog‘ maktabi, Fransiya

Maktabga 1783 yilda asos solingan bo‘lib, u Fransiyadagi eng oliy texnika ta'lim muassasilaridan biri sanaladi.


14. Lozanna federal politexnika maktabi, Shveytsariya

Bu yerda uch mingdan ortiq magistr ta'lim oladi. Ularga 670 nafar mutaxassis dars beradi.


13. Oliy normal maktabi, Parij, Fransiya

ENS nomi bilan tanilgan ta'lim dargohi Buyuk Fransiya inqilobi davrida ta'sis etilgan. Hozirgi paytda bu yerda hukumat va ilmiy-tadqiqot hamjamiyatiga kadrlar tayyorlanadi.


12. Edinburg universiteti, Buyuk Britaniya

1583 yilda asos solingan Edinburg universiteti Yevropaning eng qadimiy olti ta'lim muassasasidan biri. Universitet tarkibida uch kollej bo‘lib, 35 ming talaba, magistr va aspirantlar o‘qiydi. Bu yerda turli davrlarda biolog Charlz Darvin, telefon ixtirochisi Aleksandr Bell va Sherlok Xolms haqidagi romanlar muallifi Artur Konan Doyllar ta'lim olgan.


11. Lyudvig-Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti, Germaniya

Universitetga 1472 yilda asos solingan bo‘lib, u Germaniyaning eng yaxshi tadqiqot dargohlaridan sanaladi. Bu yerda 50 mingdan oshiq talaba o‘qiydi.


10. Tsyurix Shveytsariya oliy texnika maktabi, Shveytsariya

ETH Zurich nomi ostida mashhur bo‘lgan ta'lim muassasasi Shveytsariyaning eng mashhur va obro‘li maktabi sanaladi. Bu yerda tabiiy fanlar, texnologiya va matematika sohalarida mutaxassislar tayyorlanib boradi.


9. EMLYON biznes-maktabi, Lion, Fransiya

EMLYON Fransiyadagi Xitoy va Marokash kabi mamlakatlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan yetakchi biznes-maktablardan biri. Bu yerda boshqaruv sohasidagi mutaxassislar yetishtiriladi.


8. IE University, Ispaniya

Boshqaruv va huquqshunoslik sohalarida magistlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xususiy universitet.


7. Manchester universiteti, Buyuk Britaniya

Britaniyadagi ushbu eng yirik universitetda 40 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Bitiruvchilarning 25 nafari Nobel mukofotlari bilan taqdirlangan.


6. Kings-kollej, Buyuk Britaniya

Ta'lim muassasasida Yevropadagi sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik tadqiqot markazi joylashgan. Kollejning uch o‘quv gospitali bo‘lib, ularda 27 mingdan ziyod talaba amaliyot o‘taydi.


5. HEC Paris biznes-maktabi, Fransiya

Biznes-maktab dasturi Yevropadagi eng raqobatbardosh rahbarlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.


4. London imperiya kolleji, Buyuk Britaniya

Oliy ta'lim dargohida 14 ta Nobel laureatlari o‘qigan. Kollej 1907 yilda tashkil topgan bo‘lib, tabiiy fanlar, muhandislik ishi, tibbiyot va biznes sohalarida mutaxassislar tayyorlab beradi.


3. Myunxen texnika universiteti, Germaniya

Myunxen texnika universiteti Germaniyaning eng ilg‘or ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Uni 13 ta Nobel laureati bitirgan.


2. Oksford universiteti, Buyuk Britaniya

Yevropadagi eng qadimiy universitet. Bu yerda tabiiy fanlar va tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yetakchi mutaxassislar tayyorlanadi.


1. Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya

Kembrij universitetining 18 ming talabasidan – to‘rt mingi boshqa davlatlardan kelgan. Universitetning 92 bitiruvchisi Nobel mukofoti laureatlari hisoblanadi.


Bu ham qiziq

Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida, Sirdaryo bo‘yida joylashgan qadimiy Ahsikent bugun ham ming yillik tarix nafas…
12:22 / 26.05.2026
Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Platforma xavfli mahsulotlar savdosini yetarlicha nazorat qilmagani uchun 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortildi.
13:57 / 30.05.2026
Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran kafe, restoran va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor…
14:19 / 30.05.2026
Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh va Eron o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, Eronning uran zaxiralarini qa…
14:12 / 30.05.2026
O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:27 / 26.05.2026
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimla…
12:43 / 28.05.2026
Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona va Namangan viloya…
07:39 / 30.05.2026
26-may kungi ob-havo ma’lumoti

26-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:19 / 25.05.2026
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Jahon meteorologiya tashkiloti hamda “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari k…
17:18 / 26.05.2026
Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tom…
10:15 / 26.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!