Korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliq inspeksiyasi xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bektemir tumani soliq inspeksiyasi sho‘ba boshlig‘i mahalliy tadbirkorga tegishli do‘konda xaridorga savdo cheki berilmaganligi holati yuzasidan kelib tushgan murojaatdan xabardor bo‘lgan. U xizmat mavqeidan foydalanib, ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va sudga taqdim etmaslik evaziga 4 mln so‘m pora talab qilgan.
Mazkur mansabdor shaxs ushbu pul mablag‘ini soliq inspektori orqali olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvlar davomida joriy yil aprel oyida ushbu inspektor ham xuddi shu do‘konda boshqa holat bo‘yicha kelib tushgan murojaatni ko‘rmasdan qoldirish evaziga 1,5 mln so‘m olgani aniqlangan.
Hozirda mazkur soliq xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!