$
11975.36 UZS
-98.06
162.91 UZS
-1.56
14020.75 UZS
-113.6
31° Kechasi 18°

Arzon uy-joylar berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

17:23 / 07.05.2019

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 12 apreldagi 285-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 12 apreldagi 285-son qaroriga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
 
Qarorning 2-bandida:

a) “b” kichik bandining (uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi) ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “ikki, uch qavatli” so‘zlari “ko‘p kvartirali” so‘zlari bilan almashtirilishi mumkin;

b) “v” kichik bandiga (nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratiladi) quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shiladi:

“0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) ajratiladi.

Tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar hamda ko‘p kvartirali uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga istisno tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin.”

Qarorning 4-bandida:

a) “a” kichik bandining (uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar qiymati to‘lovining) ikkinchi xatboshidagi “25” raqami “10” raqami bilan, uchinchi xatboshidagi “75” raqami “90” raqami bilan almashtiriladi.

Qaror ilovasining:

a) 3-bandining (Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga Dastur doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi tartibda ajratiladi) ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “ikki, uch qavatli” so‘zlari “ko‘p kvartirali” so‘zlari bilan almashtiriladi.

b) 3-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qo‘shiladi:

“0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) ajratiladi.

Tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar hamda ko‘p kvartirali uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga istisno tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin.”.


Bu ham qiziq

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

Amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo…
13:08 / 15.05.2026
O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026-yil mart–aprel oylarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga…
11:27 / 14.05.2026
Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti (OIV) ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda butun dunyoda 208 million gektolitr vino ist…
17:13 / 14.05.2026
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sdi

Kompaniyaning davlat budjetiga to‘lagan daromad solig‘i ham oshgan.
14:19 / 14.05.2026
O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

15-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
00:36 / 15.05.2026
Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Rossiya rahbarining 20-mayga mo‘ljallangan bir kunlik tashrifi AQSh prezidentining dabdabali tashrifidan so‘ng amalga oshiri…
12:27 / 15.05.2026
Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

Yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida Toshkent metropoliteni bekatlariga oynali himoya to‘siqlari o‘rnatilishi rejal…
11:05 / 14.05.2026
O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

15-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
00:36 / 15.05.2026
OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

Kompaniya vakili Kris Lixeynning aytishicha, SI texnologiyasi endi oddiy savdo yoki alohida davlatlar qoidalari bilan chekla…
17:05 / 14.05.2026
“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

XX Milliy mukofoti doirasida e’lon qilingan xalqaro tanlovga ijodiy ishlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
10:38 / 13.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!