$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Foydali telefon o‘yinlari. Tetris haqiqatdan ham insonni aqlli qila oladimi? Narkotik va chekishni tashlash uchun yordam beradigan o‘yin haqida siz bilmagan faktlar

15:51 / 04.04.2020

Bugungi kunda texnologiyalar kundan-kunga rivojlanib borishi bilan birga kompyuter va mobil o‘yinlarning ham turli xil versiyalari ishlab chiqarilmoqda. Xo‘sh ular nimasi bilan foydali?

Bolalar uchun o‘yinlar
Agar yosh farzandingiz bo‘lsa, harflar va sanashlarni o‘rgatish uchun telefon o‘yinlari ayni muddaodir. “Play market” yoki “App store” orqali harflarni va sanashni o‘rgatuvchi o‘yinlarni yuklab olsangiz, farzandingiz o‘yin o‘ynash barobarida yangi bilimlarga ham ega bo‘lib boradi.

Kattalar uchun o‘yinlar
Yana o‘sha “Play market” yoki “App store” orqali boshqotirmali o‘yinlarni yuklab olish mumkin. Ular nafaqat vaqt o‘tkazishga yordam beradi, balki miya faoliyatini ham yaxshilaydi. O‘yinlarning boshqotirma va krossvord shakllari mavjud bo‘lib, bu ularning qiziqarliligini ta’minlaydi.

“Tetris” o‘yini haqida qiziqarli ma’lumotlar
• “Tetris”ni 1984-yilda SSSR ilmiy akademiyasining ilmiy xodimi Aleksey Pajitnov ixtiro qilgan. Uning nomini o‘ylab topishda esa, “tetramino” (to‘rtta to‘rtburchakdan tashkil topgan geometrik shakl) va “tennis” (ixtirochining sevimli sport o‘yini)ni birlashtirgan.

• “Tetris” bir necha marta turli yo‘nalishlar bo‘yicha Ginnes rekordlari kitobiga kirgan. Ulardan eng qizig‘i samolyot bortida “Tetris” o‘yinini o‘chirmagani uchun 4 oyga qamalgan erkak bo‘lgan. Rekord shunday nomlanadi: “Kompyuter o‘yini uchun eng uzoq muddatli qamoq jazosi”.

• Hech kim hech qachon ushbu o‘yinda g‘olib bo‘la olmaydi. Shu bilan birga o‘yinni to‘xtovsiz o‘ynashning ilojisi yo‘q. O‘yin ikki hafta to‘xtovsiz o‘ynalganidan keyin hisob nolga tushib qoladigan qilib ishlab chiqilgan.

• “Tetris” insonni aqlli qilishi mumkin. Bu olimlar tomonidan tasdiqlangan fakt bo‘lib, uch oy davomida kuniga 30 daqiqadan ushbu o‘yinni o‘ynagan insonlarni kuzatib borishgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘yin reaksiya tezligi, tanqidiy fikrlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish qobiliyatini rivojlantiradi.

• Psixologlarning ta’kidlashicha, “Tetris” hayotdagi muammolarga tez va oson yechim topishni o‘rgatadi.

• “Appetite” ilmiy jurnalining ta’kidlashicha “Tetris” o‘yini ochofatlik hamda narkotiklarga bo‘lgan xohish va ehtiyojni kamaytirar ekan. O‘yinga berilib ketish sizni ushbu ehtiyojlardan chalg‘itadi. Ammo o‘yinni turgan holda o‘ynash tavsiya qilinadi. O‘tirib o‘ynash sog‘liq uchun zararli hisoblanadi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

Turkiya Eron va AQSh o‘rtasida siyosiy murosaga kelish ehtimoli borligini e’lon qildi.
15:43 / 25.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Qirg‘iziston hududida rasman faoliyatini boshladi.
09:39 / 25.05.2026
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Jahon meteorologiya tashkiloti hamda “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari k…
17:18 / 26.05.2026
Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida, Sirdaryo bo‘yida joylashgan qadimiy Ahsikent bugun ham ming yillik tarix nafas…
12:22 / 26.05.2026
“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmo…
17:44 / 23.05.2026
27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026
Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026
Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada mingga yaqin ishtirokchini jamlagan Media forum tashkil etild
10:06 / 24.05.2026
26-may kungi ob-havo ma’lumoti

26-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:19 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar …
02:13 / 24.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!