$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

Janubiy Koreya universitetlarida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun tavsiyalar

22:14 / 01.10.2019

Koreya universitetlariga kirish chet ellik yoshlar uchun juda oddiy va oson. Bundan tashqari, universitet ofislaridagi xodimlar abituriyent va chet ellik talabalarga barcha zarur yordamni berishadi.

Koreya universitetlariga kirish uchun ko‘p hollarda siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliygohga hujjat topshirishingiz va barcha qo‘shimcha ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Bunda siz ta’lim muassasasi veb-saytida onlayn ariza shaklini to‘ldirsangiz kifoya.

Yaxshiyamki, u yerdagi universitetlarda ingliz tilidagi dasturlar soni tez sur’atlar bilan o‘sib boryapti. Shuning uchun, koreys tilini bilmasangiz ham, unchalik qiyin bo‘lmaydi. Shunga qaramay, u yoqda o‘zingizni ishonchli his qilish uchun sizga avvalo til o‘rganishni maslahat beramiz. 

Koreyadagi aksariyat OTMlarga kirish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish lozim:

- pasport nusxasi

- tavsiya xatlari

- kirish va chiqish immigratsion guvohnomasi

- kirish hujjatlari, shu jumladan motivatsion insho

- tanlangan o‘quv dasturiga qarab ingliz yoki koreys tillarini bilish darajasi.

Shuni yodda tutingki, u davlatda o‘qish uchun sizga bir necha oy davom etadigan talabalik vizasi kerak bo‘ladi.

Oliygohlarga hujjat topshirish muddati odatda yanvar yoki fevral oyida boshlanadi. Qabul natijalari esa, aprelda e‘lon qilinadi. Bir qator dasturlarga kirish uchun yozda ro‘yxatdan o‘tasiz. So‘ngra avgust oyida til bo‘yicha imtihon topshirasiz. Tanlagan universitetingizga kirishning aniq sanalari to‘g‘risida tegishli oliygohning rasmiy veb-saytidan bilib olishingiz mumkin.

Abituriyentlar diqqatiga!

Bir qarorga kelgan bo‘lsangiz, hujjat to‘plashni hoziroq boshlang. 

O‘zingiz tanlagan universitet mas’ullari bilan bog‘laning. Ular sizning savollaringizni e’tiborsiz qoldirmaydi.

Belgilangan muddatga rioya qiling. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, belgilangan muddat ushbu davlatdagi ta’lim muassasalarida muhim rol o‘ynaydi.

Bir yo‘la bir nechta universitet imtihonlariga tayyorgarlik ko‘ring. Bu sizning tanlovingizni kengaytiradi, o‘qishga kirish imkoniyatingizni oshiradi.


Bu ham qiziq

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy a…
16:55 / 16.04.2026
Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo…
17:32 / 18.04.2026
Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq…
09:26 / 17.04.2026
Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona viloyatida katta miqdordagi narkotik m…
09:31 / 18.04.2026
“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi

Interpol ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zmetkombinat” sobiq boshqaruv raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berilgan.
14:03 / 17.04.2026
Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgac…
13:32 / 18.04.2026
18-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

18-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:37 / 17.04.2026
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026
O‘zbekiston aholisi 38,4 millionga yaqinlashdi

O‘zbekiston aholisi 38,4 millionga yaqinlashdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etdi
16:16 / 16.04.2026
Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish hamda mavjud muammola…
09:29 / 19.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!