$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?

15:18 / 03.02.2020

Bolani yo‘rgaklash o‘tmishda qoldi, hozir yo‘rgaklamasa ham bo‘ladi, deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. Chaqaloqni yo‘rgaklash siz uchun ham, bola uchun ham juda muhim. Chunki...

Chaqaloq ishonchli himoyalanadi
Bola ona qornida tor va issiq yerda yotib o‘rgangani sabab, yo‘rgak ichida ham o‘zini qulay his qiladi. Issiq yo‘rgakka o‘rash  bolaga ona qornini eslatadi va uni tinchlantirib, uxlashiga yordam beradi. 
Shuningdek, bola tug‘ilganidan bir hafta o‘tib, tez-tez uyg‘onib ketadi. Tashqaridagi har qanday tovush yoki harakat oqibatida tez cho‘chiydi va buning ta’sirida uyg‘onib ketadi. Agar bola yo‘rgaklansa, bu holat ro‘y bermaydi. 

Yo‘rgaklash tartibi
1-qadam

как пеленать ребёнка

Eni va bo‘yi 1 metrli yo‘rgak olinadi. U romb shaklida tekis yoziladi. Rombning uchi suratda ko‘ringani kabi qayriladi. Chaqaloq chalqancha yotqiziladi, boshi burmadan tepada turishi kerak.

2-qadam

пеленание ребёнка

Yo‘rgakning chap burchagi chaqaloqning o‘ng tomoniga o‘tkazilib, o‘raladi.

3-qadam

как пеленать ребёнка правильно

Keyin yo‘rgakning pastki qismi yuqoriga ko‘tarilib, bolaning oyoqlari o‘raladi.

4-qadam

пеленание ребёнка: подоткните край под открытое плечо

So‘ng yo‘rgakning qolgan uchi chap tomonga o‘tkazilib, bolaning usti yana bir bor gir aylantiriladi. Yo‘rgaklayman deb, bolani juda siqib o‘rab qo‘ymang. Bola va yo‘rgak orasida 2-3 barmoq sig‘adigan joy qolishi kerak.\

как пеленать младенца

Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
•  Yo‘rgakni qattiq siqib o‘rab bo‘lmaydi. Yo‘rgak ichida bola oyoqlarini buka olishi, harakatlantirishi lozim.
•  Yo‘rgak uchun havo o‘tkazmaydigan matolarni tanlamang. Paxta gazlamasidan tayyorlangan yo‘rgak ayni muddao.  
•  Yo‘rgaklash vaqtida bolaning yuzini berkitib qo‘ymaslik kerak. U uyqu vaqtida bemalol nafas olishi zarur.
•  Bolani yon tomoni yoki qorni bilan yotqizgancha yo‘rgaklash ham tavsiya etilmaydi. Bu holatda bolaning nafasi qisilib qolishi mumkin. Shu sabab yo‘rgaklashni bolani chalqancha yotqizgancha amalga oshiring.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar …
02:13 / 24.05.2026
Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshke…
17:02 / 26.05.2026
AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

Turkiya Eron va AQSh o‘rtasida siyosiy murosaga kelish ehtimoli borligini e’lon qildi.
15:43 / 25.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Qirg‘iziston hududida rasman faoliyatini boshladi.
09:39 / 25.05.2026
“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmo…
17:44 / 23.05.2026
Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026
Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildiri…
17:26 / 25.05.2026
Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta yengilliklar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun yanada qulay muhit yara…
08:28 / 27.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!