$
12074.28 UZS
37.07
160.86 UZS
1.24
14218.67 UZS
147.17
31° Kechasi 18°

Ro‘za tutishning ruhiyat va tana uchun foydasi

23:58 / 18.04.2020

Ramazon oyi eng kutilgan oy bo‘lib, har bir musulmon uchun katta ahamiyatga egadir. Ramazonda tong otgandan to kechgacha ovqat va ichimlikdan bosh tortiladi. Parvardigorning cheksiz marhamati bilan, mo‘min uchun yozilgan hamma narsa, ham ruhiy, ham jismoniy qadr-qimmatga ega hisoblanib, hatto ro‘za tutishdagi talab va odatlarning ham ruhiyat va tanaga foydali jihatlari bisyordir. Quyida shular haqida so‘z boradi.

Ro‘zaning tana uchun foydasi
Avvalambor diyeta va ro‘zani farqlab olish kerak. Diyeta ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va qondagi shakar miqdorini kamaytirishda yordam beradi. Diyetada aks ta’sirlar mavjudligi sababli, shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Ramazonda ro‘za tutganda esa, to‘yib ovqatlanmaslik yoki ortiqcha kaloriya iste’mol qilib yuborish holatlari uchramaydi, chunki saharlik va iftorlikda tanovul qilinadigan taomlar miqdorida cheklovlar yo‘q.

Bundan tashqari, taroveh (Ramazon oyida xuftonning sunnati va vitr namozi o‘rtasida o‘qiladigan namoz) o‘z vazifasini bajaradi, bu oziq-ovqat metabolizmiga yordam beradi. Bunday ibodatda barcha mushaklar mashq qiladi va kaloriya sarflash nuqtai nazaridan “yumshoq jismoniy mashq” deb tavsiflanadi.

Ro‘za holatida organizm tomonidan uglevodlarni iste’mol qilish jarayoni juda ko‘payib boradi, bu qondagi shakar miqdori va insulinni pasayishiga olib keladi. Ro‘za paytida yog‘ qatlamlaridagi yog‘lar tananing energiya ehtiyojlari uchun sarflanadi. Ro‘za ovqat hazm qilish tizimi va markaziy asab tizimiga jismoniy jihatdan yordam beradi, shuningdek, metabolizmni me’yorga keltiradi.

Ramazon oyida ro‘za tutish yomon odatlardan voz kechishga olib keladi, natijada tana tozalanadi. Ushbu davr biror foydali mashg‘ulotni odat tusiga kiritish uchun eng yaxshi muddat hisoblanadi, chunki uning ta’siri Ramazon oyidan keyin ham davom etadi.

Ruhiyat uchun foydasi
Ro‘za tutishning ruhiyat borasida ham ahamiyati beqiyosdir. Bu davrda tuhmat, g‘iybat, g‘azabni ifodalash va har qanday salbiy hislarni namoyon qilish qat’iyan man etiladi. Shunday qilib, Ramazonda mo‘minlar orasida tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Ramazon oyi o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalash oyidir.

Islomda farzlar aniq belgilangan bo‘lib, bu insonlarni ortiqcha narsalardan himoya qiladi va biz yashayotgan xaos (betartiblik)ni qandaydir ma’noda xalos bo‘lishga yordam beradi. Insonlar uchun ro‘za bejizga farz amal (majburiy) qilib qo‘yilmagan. Ro‘za orqali 720 soat davomida nafsimizga tanamizda aslida kim hukmron ekanligini isbotlaymiz. Shuningdek, ro‘za tutish bizda quyidagi sifatlarni shakllantiradi.

Intizomni shakllantiradi
O‘z-o‘zini tarbiyalashning bunday turi bizni o‘zimizni qo‘lga olishga va yana-da muhimroq narsalar haqida o‘ylashga hamda qat’iy intizomga o‘rgatadi. Intizom nafaqat Yaratganga yaqinlashtiradi, balki bizni bu dunyoda yana-da muvaffaqiyatli qiladi. Darhaqiqat, intizom muvaffaqiyatning asosiy garovidir. Haqiqiy musulmon o‘zini boshqaradi va nafsi o‘zining ustidan hukmronlik qilishiga yo‘l bermaydi.

Sabr qilishni o‘rgatadi
Zamonaviy dunyoda biz juda katta ma’lumot oqimiga duch kelmoqdamiz – reklamalar, belgilar, turli xil ommaviy axborot vositalaridagi yangiliklar va h.k. Ushbu ma’lumotlarning barchasi bizning ongimizga kirib boradi va bizni kerakli, ammo ko‘p hollarda mutlaqo befoyda ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Natijada, bu kabi to‘ldirilish bizni stressli holatlarga olib keladi va yana-da kuchsiz qiladi. Ro‘za bizni yana-da sabrli bo‘lishga, tajovuzkor munozaralardan qochishga undaydi. Sabr har bir musulmon ega bo‘lishi kerak bo‘lgan eng muhim fazilatdir.

Isrofga qarshi kurashiladi
Bugungi kunda ko‘p insonlar ochlikdan emas, ochko‘zlikdan aziyat chekishmoqda. Ikkilanmasdan issiqqina nonni sotib olamiz, chunki uydagi kecha sotib olinganini suvi qochgan-da! Yangi taom tayyorlash uchun qozondagi tayyor sho‘rvani to‘kib yuboramiz, chunki muzlatgichimiz ovqat bilan to‘lgan.

Biz ro‘za tutganimizda esa, ishtaha bilan kechagi suvi qochgan nonni ham yeyishga tayyor bo‘lamiz. Uyimizdagi har bir taomni qadrlashni boshlaymiz. Nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik va kechki ovqatgacha bo‘lgan vaqt davomida biror nimani tamaddi qilib olishga ehtiyojimiz yo‘qligini tushunamiz. Ongimiz ravshanlashadi va kun davomida faol bo‘lishimiz uchun yengil tamaddining o‘zi yetarli ekanligini tushunib yetamiz. Ramazon kelishi bilan ortiqcha ovqatlar tufayli nafaqat oshqozonimizga, balki hamyonimizga ham zarar qilayotganimizni tushunib yetamiz.

Shubhasiz, oy oxirida siz atrof-muhitga bo‘lgan munosabatingizda o‘zgarishlarni sezasiz. Boshqalar haqida o‘ylashni boshlaysiz, kichiklarga qanoat qilasiz, sabrli bo‘lasiz. Tanangiz qattiq tartib-intizom rejimiga o‘rganib qoladi va bu sizning hayotingizdagi tartibni tiklashga yordam beradi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda propiska tartibi yangilandi

O‘zbekistonda propiska tartibi yangilandi

O‘zbekistonda fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi tasdiqlandi.
09:29 / 07.05.2026
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida …
17:37 / 07.05.2026
O‘zbekistonda xususiy klinikalar davlat hisobidan bemor davolaydi

O‘zbekistonda xususiy klinikalar davlat hisobidan bemor davolaydi

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda nodavlat tibbiyot muassasalariga davlat budjeti hisobidan bemorlarga xizmat ko‘rsat…
15:07 / 06.05.2026
Pesh lavhalar reklama hisoblanmasligi mumkin — yangi tartib taklif qilindi

Pesh lavhalar reklama hisoblanmasligi mumkin — yangi tartib taklif qilindi

O‘zbekistonda tashqi reklama va yozuvlarni joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda.
15:22 / 06.05.2026
Obama: “Agar o‘zga sayyoraliklar bo‘lganida, bu sir qolmasdi”

Obama: “Agar o‘zga sayyoraliklar bo‘lganida, bu sir qolmasdi”

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama hukumat o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liq ma’lumotlarni uzoq vaqt sir saqlab qola olma…
09:47 / 07.05.2026
Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026
Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

AQShda Nyu York federal sudi marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgani aytilayot…
10:45 / 07.05.2026
Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yubordi

Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yubordi

Joriy yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyatida YPX xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat …
17:10 / 07.05.2026
Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzacho‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari…
17:34 / 07.05.2026
Top blogerlar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Top blogerlar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2025-yilda 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar mashhur bloger jami 2,7 milliard so‘m daromad olgan.
09:36 / 07.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!