O‘zbekistonda fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi tasdiqlandi.
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, endilikda ro‘yxatdan o‘tkazish ichki ishlar organlarining migratsiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Yangi nizomga muvofiq:
— fuqaro va uy egasining roziligi “Face-ID” yoki “Mobile-ID” orqali tasdiqlanadi;
— yangi manzilga ko‘chib kelgan fuqaro 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi kerak;
— arizalar davlat xizmatlari markazlari, “Aqlli” migratsiya shoxobchalari yoki onlayn tarzda topshirilishi mumkin;
— 18 yoshgacha bo‘lganlar ota-onasi yoki vasiysi ro‘yxatda turgan manzilga qayd etiladi;
— bir nechta uyi mavjud mulkdor faqat bitta manzilda doimiy ro‘yxatda turishi mumkin.
Shuningdek, chegara hududlari, yopiq harbiy shaharchalar va favqulodda holat joriy etilgan hududlarda yashash hamda harakatlanish bo‘yicha ayrim cheklovlar qo‘llanishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!