7-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Beate Maynl-Rayzinger hamda ichki ishlar federal vaziri Gerhard Karner boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv avvalida mehmonlar davlat rahbariga Avstriya Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch barobar oshgan.
Bugungi kunda qurilish materiallari, tog‘ turizmi, sog‘liqni saqlash, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi hamda bank-moliya sohalarida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tashrif doirasida qo‘shma biznes forum muvaffaqiyatli o‘tkazilib, mehnat migratsiyasi, diplomatik xizmat va soliqqa tortish yo‘nalishlarida muhim bitimlar imzolangan.
Tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka ham alohida e’tibor qaratib, terrorizm, odam savdosi, narkotrafik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda muntazam axborot almashish muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!