Xalq orasida tobora ommalashgan “Red Bull” energetik ichimligiga oʻzbekcha yorligʻi boʻlmagani uchun sertifikat berilmadi.
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan sertifikatlashtirish jarayonida importyor “New Optimal” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Oʻzbekistonga olib kelingan “Red Bull” savdo markasidagi energetik ichimligi umumiy texnik reglamentning yorliqlanish qismi talablariga javob bermasligi aniqlandi”, deyiladi O‘zstandard agentligi xabarida.
Xususan, ichimlik yorlig‘idagi maʼlumotlar davlat tilida mavjud boʻlmagani sababli mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish rad etilgan.
Maʼlumot uchun, “RedBull” ishlab chiqaruvchisi Avstriyaning “Rauch Frachtsafte Gmbh & Co. OG” kompaniyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!