Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha tezkor tekshiruv o‘tkazilgani va tekshiruvlar natijasida Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining 11 nafar xodimi, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan uch nafar soliq inspektori ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari hamda Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan berilgan.
Mazkur voqeaning “qahramon”lari qilgan ishidan pushaymon ekanligini, qiziqqonlik qilib xizmat vazifasini suiiste’mol qilganliklarini aytib xalqdan uzr so‘ragan.
“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida shu paytga qadar noqonuniy faoliyat yuritgan fuqarolarga tegishli huquqiy yordam ko‘rsatilib, faoliyati qonuniylashtirildi. Ularga Olmaliq shahridagi savdo markazidan tegishli joy ajratib berildi. Shuningdek, kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilib, ulardan biriga tikuv mashinasi hadya etildi”, deyiladi DSQ xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq voqea yuzasidan Qo‘mita raisi munosabat bildirgan, keyinroq esa rais o‘rinbosari mazkur 3 nafar soliqchining ishdan olinganini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!