$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Dunyoning eng boy 10 ayoli qanday boyigan?

17:31 / 05.03.2020

Siz zamonaviy milliarder ayollar faqat jamoatchilikka o‘zini ko‘z-ko‘z qilishni biladi, deb o‘ylasangiz, qattiq yanglishasiz. “Forbes” jurnali har yili dunyoning eng boy ayollari nomini e’lon qilib boradi. Ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2010-yilda 91 nafar biznes-ledi milliarderlar ro‘yxatiga kirgan bo‘lsa, 2019-yilda ularning soni 243 nafarga yetdi. O‘sish sur’ati juda baland. 

Bugun biz sizlarga dunyoning eng boy 10 nafar milliarder ayoli haqida aytib o‘tmoqchimiz.

Fransuaza Betankur Mayers

Yoshi: 65 da.
Mamlakati: Fransiya.
Boyligi: 49,3 milliard dollar.
Lavozimi: “L’Oréal” kompaniyasining egalaridan biri.

Fransiyalik tadbirkor va “L’Oreal” kompaniyasi asoschisining nabirasi Fransuaza Betankur “Forbes” jurnaliga birinchi marta o‘tgan yili kiritilgandi. 2019-yilda u reytingning 15-qatoridan joy egallab, ayollar orasida peshqadam bo‘lib oldi. 2017-yil onasi Lilian Betankur vafotidan so‘ng “L’Oreal” kompaniyasining 33 foiz aksiyasi unga o‘tadi. Fransuaza Betankur Mayers oilaviy biznesning o‘ziga xos davomchisiga aylana oldi. Chunki uning boshqaruvida kompaniya o‘sishda davom etdi va aksiyalari bahosi 2018-yilda 17 foizga oshdi. 

Elis Uolton

Yoshi: 69 da.
Mamlakati: AQSh.
Boyligi: 44,4 milliard dollar.
Lavozimi: “Walmart” korporatsiyasi egalaridan biri.

Elis Uolton garchi og‘zida kumush qoshiq bilan tug‘ilgan bo‘lsa-da, (uning oila a’zolari “Walmart” korporatsiyasi asoschilari sanaladi), darhol oilaviy biznesga kirishib ketgani yo‘q. Buning o‘rniga Texasdagi Triniti universiteti bitiruvchisi moliya va iqtisod sohasida mustaqil ishlab ko‘rishga ahd qildi. Tahlil va brokerlik borasida yetarli tajribaga ega bo‘lganidan so‘nggina Elis otasining kompaniyasida ish boshladi. O‘zini yaxshi ko‘radigan barcha boyvuchcha xonimlar singari Uolton san’atga qiziqadi, siyosiy partiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. 2011-yilda Elis Uolton o‘zining ona shahri Bentonvilldagi “Crystal Bridges” muzeyini ochib berdi. Amerikalik san’atsevar ayolning shaxsiy kolleksiyasidan Charlz Uilson Pil, Endi Uorxol, Norman Rokvell hamda Mark Rotko qalamiga mansub durdona asarlar joy olgan.

Jaklin Mars

Yoshi: 79 da.
Mamlakati: AQSh.
Boyligi: 23,9 milliard dollar.
Lavozimi: “Mars Incorporated” boshqaruv raisi.

O‘zining kompaniyadagi yog‘li lavozimini Jaklin ham meros tufayli qo‘lga kiritgan. Ma’lumoti bo‘yicha antropolog bo‘lgan bu ayolning biznesda bilim va tajribaga ega emasligi mashhur shokoladlarni sotish orqali katta daromad orttirishiga to‘sqinlik qilmaydi.
 
Jaklin Mars oilaviy biznesga 1982-yilda kirib kelgan. Hozirgi kunda u “Mars Incorporated” aksiyalarining uchdan bir qismiga egalik qilmoqda. Bundan tashqari, oilaviy biznes Jaklinning birgina daromad manbai emas. Ayol AQSh ot sporti jamoasining homiysi sifatida faoliyat yuritadi va Vashington milliy operasi direktorlari kengashida ham xizmat qiladi. 

Yan Xueyyan

Yoshi: 37 da.
Mamlakati: Xitoy.
Boyligi: 22,1 milliard.
Lavozimi: “Country Garden” rivojlanish kompaniyasining asosiy aksiyadori.

Yan Xueyyan reytingning eng yosh vakili va Xitoyning eng boy ayoli sanaladi. O‘zining “Country Garden Holdings”dagi 70 foiz aksiyasini otasidan o‘n yil avval meros qilib olgan. 2003-yilda Ogayo shtati Universitetini bitirgan qiz 2005-yilda otasining kompaniyasida xaridlar bo‘yicha menejer lavozimida ish boshlagan va bir yildan so‘ng kompaniyaning ijrochi direktori lavozimiga ko‘tarilgan. Yan o‘z majburiyatlarini a’lo darajada bajarmoqda. Buni “Country Garden” aksiyalarining birdan ko‘tarilganidan ham bilsak bo‘ladi. Birjada to‘rt kun faoliyat yuritib, Yan Xueyyan 23,6 milliard pulini 25,6 milliardga chiqarib olgan. Biznes-ledining shaxsiy hayoti ham havas qilarli darajada. U 2006-yilda davlat amaldorining o‘g‘liga turmushga chiqqan.

Syuzan Klatten

Yoshi: 56 da.
Mamlakati: Germaniya.
Boyligi: 21 milliard dollar.
Lavozimi: “Altana” farmatsevtika kompaniyasining egasi va BMW konsernining yirik aksioneri.

Germaniyaning eng badavlat ayoli Syuzan Klatten “Altana” va BMW’dagi ulushini otasidan meros qilib olgan. Biroq u har ikkala kompaniyani yangi davr talablariga muvofiq rivojlantira oldi. Frau Klatten Shveysariyada biznes boshqaruvi bo‘yicha tahsil olgan va oilaviy biznesga kirishishdan avval reklama va PR sohasida ishlagan. Bir muddat BMW’da muhandis sifatida faoliyat yuritgan. Aynan uning qo‘l ostida “Altana” o‘rtamiyona farmatsevtik firma darajasidan Germaniyaning eng yirik uch kompaniyasidan biriga aylandi. 

Loren Pauell Jobs

Yoshi: 55 da.
Mamlakati: AQSh.
Boyligi: 18,6 milliard dollar.
Lavozimi: “Apple Inc.” hamda “The Walt Disney Company” egalaridan biri.

Hozirgi kunda Loren matbuotga afsonaviy Stiv Jobsning bevasi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, uning Stiv Jobs bilan qurilgan turmushidan tashqari maqtaydigan jihatlari juda ko‘p. Stenford universitetini bitirgan Loren o‘nlab ijtimoiy va ilmiy dasturlar muallifi sanaladi. 2004-yilda Loren Pauell Jobs “Emerson Collective” notijorat tashkilotiga asos solgan. Bu tashkilot har yili axborot texnologiyalari, biznes va istiqbolli startaplarni rivojlantirish uchun millionlab dollar sarmoya kiritadi. 

Loren Pauell Jobsning yana bir ishi 1997-yilda tashkil etilgan “College Track” tashkiloti bo‘ldi. 20 yil davomida u AQShda ta’lim darajasini yuksaltirish borasida ishlar olib borgan. 

Ebigeyl Jonson

Yoshi: 57 da.
Mamlakati: AQSh.
Boyligi: 15,6 milliard dollar.
Lavozimi: “Fidelity Investments” bosh ijrochi direktori.

“Fidelity Investments” kompaniyasi boshqaruvi postini egallagan Ebigeyl Jonsonlar oilasining uchinchi avlodi sanaladi. Bugungi kunda aktivlarni boshqarishdan tashqari ayol o‘zining 24,4 foiz ulushidan ham qo‘shimcha daromad oladi. Jonson har doim “Fidelity Investments” kompaniyasining raqobatchilaridan oldinda bo‘lishiga imkon beradigan yangiliklardan xabardor bo‘lib yuradi. Uning kompaniyasi kriptovalyutalar savdosi bilan shug‘ullanadi.

Ayris Fontbona

Yoshi: 77 da.
Mamlakati: Chili.
Boyligi: 15,4 milliard dollar.
Lavozimi: “Antofagasta” tog‘-kon kompaniyasining egasi.

Milliarder Androniko Luksisning bevasi Ayris Fontbona hozirda Chilining eng boy ayoli sanaladi. Ayol va uning bolalari oilaviy kompaniyadan, Chili bankidagi mablag‘lari va bir nechta mahalliy transport kompaniyalaridan va Xorvatiyadagi ikkita kurort daromadlaridan ulush olib turadi. 

Jina Raynxart

Yoshi: 65 da.
Mamlakati: Avstraliya.
Boyligi: 15,2 milliard dollar.
Lavozimi: “Hancock Prospecting” temir-ruda qazib chiqarish kompaniyasi rahbari.

Jina Raynxart – Avstraliyaning eng boy ayoli, temir rudasi qazib chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniya 76,6 foiz aksiyasini otasidan meros qilib olgan. 2017-yilda uning daromadlari 8,8 milliarddan 15 milliard dollargacha ko‘tarilib ketdi va hozirgacha shu ko‘rsatkichdan tushmay kelmoqda. Biroq Raynxart oilasi xuddi biznesi kabi tinch emas. Otasining vasiyatiga ko‘ra, “Hancock Prospecting” kompaniyasi ayolning to‘rt nafar bolalariga o‘tishi kerak edi. Biroq Jina uzoq vaqt davomida bolalarini Fond qimmatli qog‘ozlariga yaqinlashtirmadi. Hozirgi kunda oilaviy Fondni Raynxartning bolalari boshqarmoqda. 

Kvong Siu-xing

Yoshi: 90 da.
Mamlakati: Xitoy.
Boyligi: 15,1 milliard dollar.
Lavozimi: “Sun Hung Kai Properties” kompaniyasining yirik aksiyadori.

Kvong Siu-Xing Gonkongdagi eng yirik “Sun Hung Kai Properties” kompaniyasining asoschisi hisoblanadi. U katta o‘g‘li Volter ukalari Tomas va Raymond bilan mojaro tufayli iste’foga chiqqanidan so‘ng 2008-2011-yillarda kompaniya raisi bo‘lib ishlagan. Bugungi kunda u “Sun Hung Kai” kompaniyasining 26,58 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Bu yirik daromad ayolning o‘limidan so‘ng uch nafar o‘g‘liga o‘tadi.


Bu ham qiziq

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:39 / 19.07.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

O‘qishni ko‘chirish uchun pul to‘lanishi rostmi?

Xushnud Xudoyberdiyev bu boradagi fikrlarini bildirdi
23:12 / 19.07.2025
Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Hukumat tomonidan SAXAL jangchilariga yangi buyruq berilgan
20:50 / 20.07.2025
Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.
12:04 / 20.07.2025
Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Toshkentda mashina yonib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
09:11 / 21.07.2025
Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Qurbonlar soni kamida 36 ta ekanligi aytilmoqda.
17:22 / 20.07.2025
Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025
Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:25 / 21.07.2025
Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Sergey Sobyaninning aytishicha, havo mudofaa tizimi o‘z vaqtida bu hujumni bartaraf eta olgan
21:33 / 20.07.2025
Hollouey va Porye o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang to‘liq davom etdi

Hollouey va Porye o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang to‘liq davom etdi

Ushbu jang Dastin Pore uchun faoliyatidagi so‘ngisi edi.
10:45 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!