$
12869.90 UZS
-4.96
124.94 UZS
1.88
13496.66 UZS
-28.38
Kechasi

Xitoyliklarga havas qilib bo‘lmaydi: Ularning klaviaturasi qanday ko‘rinishda?  

13:48 / 08.05.2020

  Xitoy tili juda murakkab va ancha keng: iyeroglifovlarining soni 50 ming atrofida. Albatta, kundalik turmushda ularning hammasidan foydalanilmaydi. Eski tipografiyalardagi standart belgilar 9 000 ta bo‘lgan. Hatto mana shu 9 mingning o‘zini ham yozuv mashinkasiga yoki zamonaviy kompyuter klaviaturasiga qanday sig‘dirishning o‘zini tasavvur qilib ko‘ring. Buni qarangki, sig‘dirishgan. Keling, buning uchun qanday usullardan foydalanishgani va ana shunday klaviatura qanday ko‘rinishini birgalikda bilib olamiz. 
    
Xitoyning birinchi yozuv mashinkalari – ular juda ulkan bo‘lgan

Yo‘q, mashinka uy kattaligida bo‘lgan, deb o‘ylamang. Dastlabki yozuv mashinkalarida har bir iyeroglifning o‘z tugmachasi bo‘lib, bu tugmachalar shunchaki, juda ham mayda edi. U qanday ishlagan va qanday elementlardan tashkil topgan? Mashinkaning asosiy maydoni iyerogliflar banki bo‘lib – Xitoy harflari aks ettirilgan mitti tugmachalardan tashkil topgan. Bank siyoh bilan ta’minlangan. Yuqori qismida qog‘ozni ushlab turuvchi g‘altak, tutqich, “kaft” va boshqa moslamalar joylashgan. 

Harf teruvchi odam zarur iyeroglif (va uning tugmachasini ham) lupa yordamida izlab topgan.   Undan keyin maxsus moslamani iyeroglif ustiga keltirib qo‘ygan va “kaft” tugmachani ko‘tarib qog‘ozda zarur harf aks ettirishi uchun tutqichni bosgan. Qanday mashaqqatli mehnat ekanligini tasavvur qilyapsizmi? Bu borada eng mahoratli usta ham 1 daqiqada 11 ta harfdan ko‘pini terolmagan. Harf terishning bu usulini 1915-yilda yaponiyalik Kiota Sugimoto o‘ylab topgan edi.
  
Zamonaviy usullar – muammo yengillashdimi?  

Vaqt o‘tishi bilan usullar va tizimlar rivojlantirilib, harf teruvchilarning mehnatlari qaysidir ma’noda biroz yengillashdi va harf terish tezligi ham nisbatan tezlashdi.

Strukturaviy usul

1946-yilda yozuv mashinkasining strukturaviy usulda yasalgan yangi varianti taklif etildi. Uning muallifi xitoylik filolog Lin Yuytan edi. Uning variantida barcha iyerogliflar guruhlarga ajratilgan va har bir guruh iyerogliflarining o‘z tugmachasi bo‘lganligi sababli, mashinka hajm jihatdan ancha kichraygan, 64 ta tugmacha qolgan edi. Uning ko‘rinishi u yoki bu jihatdan lotin harflariga asoslangan mashinkalarni eslatardi. Harf terish tezligi daqiqasiga 50 ta belgigacha oshdi. Markazda ko‘z (klaviatura tuynugi) joylashtirilgan bo‘lib, ma’lum tugmacha bosilganida unda o‘sha tugmachaga tegishli bo‘lgan iyerogliflar guruhi paydo bo‘lar edi. Guruhdagi zarur belgini olish uchun qo‘shimcha tugmacha – funksional kalitni bosishga to‘g‘ri kelardi.   
   
Afsuski, bu variant ommaviy tarzda ishlab chiqarilmagan. Birinchidan, Lin Yuytanning bu ixtirosi juda qimmat – bitta qurilma taxminan 120000 dollar turgan. Ikkinchidan, “Remington” kompaniyasi uchun yasalgan mashinka taqdimot  paytida ishlamay qolgan.
Har nima bo‘lganda ham zamonaviy klaviaturalar ana shu modelga asoslanadi. Xitoy tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan 25 ta iyeroglif va 5 ta asosiy xususiyat bor (一, 丨, 丿, 丶, 乙). Ular uchun klaviaturada alohida tugmalar ajratilgan.

Zamonaviy klaviatura
Qolgan barcha belgilar masalasiga kelsak vaziyat sal boshqacharoq. Foydalanuvchi o‘ziga kerak belgini ajratib olish uchun bitta tugmachani bir necha bor bosishiga yoki tugmachalarning ma’lum kombinatsiyalarini bajarishiga to‘g‘ri keladi.  Shunga o‘xshash harf terish usulini siz eski telefonlarda uchratgansiz: bir tugmachada bir necha harf mavjud. Bu usulni o‘zlashtirib olish bir muncha murakkab. Va bu harf teruvchiga murakkablik paydo qiladigan oxirgi muammo emas.
 
Fonetik – ovozli usul

Ovozli usul uchun ham kompyuterlarning o‘sha – oddiy klaviaturalari qo‘llaniladi. Matn yozish uchun iyeroglifni emas, balki uning talaffuzini kiritasiz. Qaysi iyeroglif yozilishi kerakligini esa tizimning o‘zi aniqlaydi. Bu holatda ham muammo baribir saqlanib qolaveradi: bir tovushga bir necha iyeroglif to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunday vaziyatda taklif etilgan ro‘yxatdan zarur belgini o‘zingiz tanlashingiz lozim bo‘ladi. Bu ham jarayonni ancha sekinlashtiradi. Unda foydalanuvchiga telefondagi T9 tipidagi tizimlar yordamga keladi.

Ovozli usulda siz so‘zning tilda qanday talaffuz qilinishini yozasiz, ya’ni uning transkripsiyasini aks ettirasiz. Ovozli usullarning biri – “Pinin” (Pinyin) tizimidir. Unga “Windovs”ning Asian Language Pack ovozli harf terish usuli asos qilib olingan. Uni ishlatish uchun so‘z bo‘g‘imlarni alohida-alohida kiritish lozim bo‘ladi. Zamonaviy Google Pinyin va Sogou Pinyin tizimlari yuzerlarning nimaga e’tibor berishlarini oldindan eslab qolgan holda kontekst asosidagi zarur so‘zlarni o‘zi ko‘rsatadi. Bu usulning kamchiliklari ham bor, albatta – harf terish tezligi past, qaramasdan yozish ko‘nikmasini hosil qilib bo‘lmaydi. 

Gibrid usuli
Bu – tizimli va ovozli usullarning aralashmasidan hosil bo‘lgan. “Insin” (“ovoz va shakl”) gibrid tizimi sanaladi. Bunda siz transkripsiyani (iyeroglif qanday aytilishi) kiritasiz va grafik elementga ishora qilasiz. Grafik elementlar klaviatura bo‘ylab joylashtirilgan – ularning joylashuvini eslab qolish qiyin emas. Usulning kamchiliklari – ular bir vaqtning o‘zida tizimli kiritish usuli va transkripsiyalarni bilishni talab qiladi. Ko‘pchilikka harf terishning qaysidir bir usulini o‘rganishni ma’qul ko‘radi va shuning uchun ham bu tizimlar astalik bilan yo‘qolib bormoqda.  

Birinchi yozuv mashinkasi juda katta bo‘lgan – har bir iyeroglif uchun alohida tugmacha ajratilgan. Undan keyin tizimli usulni qo‘llay boshlashgan – u harf terishning zamonaviy usullariga asoslangan. Hozirda, shuningdek, ovozli “Pinin” usuli ham mashhur. Ammo baribir, harf terishning qaysi tizimini bilishingizdan qat’i nazar, matn yozish masalasida yaxshigina terlab olishga to‘g‘ri keladi – xitoy tilida o‘xshash so‘zlar va iyerogliflar shu qadar ko‘p-ki.

Navfalbek Boltayev tayyorladi


Bu ham qiziq

Ohangaronda 8,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Ohangaronda 8,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Bu haqda, Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
14:51 / 17.12.2024
“Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi – Mirziyoyev

“Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi – Mirziyoyev

Shuningdek, sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olindi.
16:26 / 16.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olinishi mumkin

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olinishi mumkin

Shuningdek, tergovchilar prezidentning telefon qo‘ng‘iroqlarini yozib olish uchun xavfsizlik idorasida tintuv o‘tkazgani haq…
22:25 / 17.12.2024
18-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi -2 -4 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
22:37 / 17.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Normirzayeva Nilufar Anvarjanovna Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tay…
20:28 / 16.12.2024
Kurskdagi janglarda KXDR harbiylari halok bo‘lmoqda

Kurskdagi janglarda KXDR harbiylari halok bo‘lmoqda

“Bizda Shimoliy Koreya harbiylari orasida o‘ldirilgan va yarador bo‘lganlar borligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud”, — dedi …
08:34 / 17.12.2024
AQSh Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishidan xavotirda

AQSh Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishidan xavotirda

Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
20:32 / 17.12.2024
AQShda 16 yoshli bola oila a’zolarini otib tashladi

AQShda 16 yoshli bola oila a’zolarini otib tashladi

AQShning Nyu-Meksiko shtati politsiyasi o‘z oilasining to‘rt nafar a’zosini o‘ldirgan o‘spirinni hibsga oldi.
19:40 / 16.12.2024
Ilk marotaba Toshkent metropoliteni bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Ilk marotaba Toshkent metropoliteni bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

So‘nggi vaqtlarda metro xizmatiga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda va bugun ilk marotaba Toshkent metropoliteni bir ku…
10:41 / 17.12.2024
Qirg‘iziston va O‘zbekiston tovar aylanmasi 2 milliard dollarga yetkaziladi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston tovar aylanmasi 2 milliard dollarga yetkaziladi

Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.
18:33 / 17.12.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!