Bloomberg xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiya aktivlarini musodara qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan, hozirda bu qarorning yuridik va moliyaviy oqibatlari baholanmoqda.
Agentlik ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqining diplomatik xizmati va qator a’zo davlatlar Rossiya aktivlarini musodara qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bular orasida sud qarorlarini asos sifatida ishlatish yoki faqat yetkazilgan zararni hisoblash bilan cheklanish variantlari bor. Shuningdek, YeI bunday qaror yevro kursiga va Yevropa kapitali chiqib ketishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ham o‘rganmoqda.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, bir qancha davlatlar, jumladan Belgiya, Germaniya va Lyuksemburg, bu g‘oyaga jiddiy xavotirlar bildirgan. Ushbu aktivlarni musodara qilish bo‘yicha yondashuvni qayta ko‘rib chiqish qarori AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni qisqartirishi yoki butunlay to‘xtatishi mumkinligi haqidagi bayonotlari fonida qabul qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!