Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatilgan Yun Sok Yolni prokuraturaga so‘roq qilish uchun chaqirishdi. Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 17-dekabr, seshanba kuni xabar berishicha, u qo‘zg‘olonga urinish va e’lon qilingan harbiy holat tufayli hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, agar impichmentda ayblangan prezident 21-dekabr, shanba kunigacha so‘roqqa kelmasa, uni hibsga olish uchun order berish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, tergovchilar prezidentning telefon qo‘ng‘iroqlarini yozib olish uchun xavfsizlik idorasida tintuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!