So‘nggi vaqtlarda metro xizmatiga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda va bugun ilk marotaba Toshkent metropoliteni bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.
“Bu ko‘rsatkich bilan “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati barchangizni muborakbod etadi.
Shu munosabat bilan metropoliten mas’ul xodimlari ishtirokida “Metrodan foydalangan millioninchi yo‘lovchi” ni aniqlash tadbiri o‘tkazildi va unda omadli yo‘lovchi aniqlandi. Shundan so‘ng, ushbu yo‘lovchiga metropoliten esdalik sovg‘asi hamda jamoat transportidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport to‘lov kartasi topshirildi”, – deyiladi “Toshkent metropoliteni” xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!